Google Chrome brauzeri ishida favqulodda holat aniqlandi

  • 12:57 / 13.05.2020
  • 858

Hindistonning kompyuterlarga yordam berish xizmati (CYeRT) Google Chrome brauzeri ishida jiddiy zaiflikni aniqladi.

“Indian CYeRT” Google Chrome brauzeri bilan bog‘liq muammolar haqida juda ko‘p xabarlar oldi. Ularning aksariyati so‘ralgan kodni kiritish bilan bog‘liq xavfli zaiflik bo‘lib, bu – shaxsiy ma’lumotni o‘g‘irlash, parollarni almashtirish, saytlarni almashtirish yoki brauzerni butunlay egallashga olib kelishi mumkin.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu kamchilik asosan Google Chrome’ning 81.0.4044.138-1’dan oldingi versiyalarida kuzatilgan. Shuning uchun barcha foydalanuvchilar imkon qadar tezroq o‘z brauzerlarini yangilashlari kerak.