Google O‘zbekistonga soliq to‘lashni boshladi

  • 12:23 / 24.04.2020
  • 449

Soliq kodeksi bilan 2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorijiy kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lash joriy etilgandi.

O‘zbekistonda bunday kompaniyalarni ro‘yxatga olish uchun Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan maxsus xizmat – Internet-kompaniyalarning QQS-ofisi – yaratildi.

Bugungi kunga qadar QQS-ofis orqali O‘zbekistonda 9 ta xorijiy kompaniyalar ixtiyoriy soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi, deb xabar bermoqda DSQ Matbuot xizmati. 

Ular quyidagi kompaniyalar:

- Google Commerce Limited;

- Google Ireland Limited;

- Google Voice Inc;

- Apple Distribution International Limited;

- Netflix International B.V.;

- Samsung Electronics Co., Ltd.;

- Sleverbridge AG;

- Xsolla (USA), Inc.;

- Activision Blizzard International BV

Ta’kidlanishicha, QQS bo‘yicha birinchi to‘lov “Google Commerce Limited” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Kompaniya joriy yilning I-choragi yakunlariga ko‘ra davlat byudjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘ladi.

Ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tish, chet el korxonalari (kompaniyalar) o‘z imidjiga putur yetkazmaslik bilan bir qatorda hududida pullik xizmat ko‘rsatayotgan davlatning qonunlarini hurmat qilishlarini bildiradi.