Go‘zal Avstraliya va u haqidagi qiziqarli faktlar

  • 08:00 / 10.04.2019
  • 4620
Foto: Wikipedia

Avstraliya sayyoramizni lol qoldirishda davom etmoqda. Dunyoning qolgan qismidan ajralgandek ko‘rinadigan qit'a sirli pushtirang ko‘li, flora va faunaning eng zaharli turlari, shuningdek, boshqa ajoyibotlari bilan maqtana oladi. Bu mamlakat haqida nimalarni bilamiz?

G‘aroyib plyajlar

Bu yerda qariyb 11 mingta plyaj borligini bilarmidingiz? Aniqroq aytadigan bo‘lsak, 10 685 ta. Yana 800 tasi orollarda joylashgan. Agar har kuni yangi plyajga borilsa, buning uchun 30 yil kerak bo‘ladi. Aholining katta qismi aynan qirg‘oq bo‘yida yashaydi. Axir, bu yerda dam olish uchun ham, sport bilan faol shug‘ullanish uchun ham plyajlarni topish mumkin-da!

Simsiz internet

Biz uchun odatiy tus olgan simsiz internet aynan Avstraliyada paydo bo‘lganini bilasizmi? U yerda sakrovchi chastotalar uslubi 1940 yildayoq kashf etilgan. Ana undan keyin texnologiya zamonaviy ko‘rinishga olib kelindi.

Foto: Wikipedia

Ilonlar

Sayyoraning 10 ta eng zaharli ilonlari aynan shu qit'ada yashaydi. Sezgir bo‘ling: qirg‘oqda dam ola turib yoki shahar markazidagi supermarketga borganda kutilmaganda ularga duch kelishingiz mumkin.

O‘rgimchaklar

Bu yerda o‘rgimchaklar aqlbovar qilmas darajada ko‘p. Avstraliyaliklar bunday mehmonlarni uylarida uchratishga odatlanib qolishgan. Xavflilari ham, bezararlari ham bor. Umuman olganda, vaziyat yoqimsiz tus olganida tibbiyot vakillarining yordami talab etiladi. O‘rgimchaklar bilan bog‘liq so‘nggi o‘lim holati o‘tgan asrning 80-yillarida sodir bo‘lgan.

Foto: Wikipedia

Yerosti shaharchasi

Kuber-Pedi – sahrodagi yerosti konchilar shahri. Chidab bo‘lmas darajadagi jazirama odamlarni yerosti uylari qurishga majbur qilgan.

Albinos-kit

Bugungi kunda o‘z turining yagona vakili sanaladi. Albinos-kit Migala nomini olgan. Mana 20 yildirki Sidney aholisi va mehmonlariga zavq ulashib kelmoqda. Shu yili o‘z zurriyodini dunyoga keltirdi. Demak, tez orada qirg‘oqbo‘yi suvlarida xalqning ikkita oppoq sevimli jonzoti suzib yuradi.

Foto: Wikipedia

Kenguru

57 million kenguruga 24 million aholi! Avstraliyaning haqiqiy aholisi kim ekanini angladingizmi? Qish faslida bu jonzotlarni shaharda uchratish mumkin. U yerdan yegulik va boshpana izlashadi.

Qizg‘in o‘yinlar

Bu borada Las-Vegasga teng keladigani yo‘q, deb o‘ylaysizmi? Adashasiz! Avstraliya kazinolari AQShda joylashganlari bilan bemalol bahslasha oladi. Bundan tashqari, ularda o‘yin avtomatlari ham talaygina. Nima ham derdik, bu yerdagi odamlar jo‘shqin o‘yinlar ishqibozi. Axir, ularning 80 foizi o‘yinlarda doimiy ravishda ishtirok etadi.

Foto: Wikipedia

Pushtirang ko‘l

Uning nomi Xiller. Shu kunga qadar olimlar suvning bunday rangda bo‘lish sababini aniqlay olishmagan. Dunyoda shu rangdagi boshqa ko‘llar tubidagi suvo‘tlari sabab ana shu rangda. Biroq Xillerning tubi toshlardan iborat.

Teleshou

Kulinariya shoulari – qit'adagi haqiqiy ishtiyoq. Yuzlab kishilar mana shu mavzudagi ko‘rsatuvlar efirga uzatilganida televizor ekranidan ko‘z uzisholmaydi. Oddiyroq qilib aytganda, aynan shunday ko‘rsatuvlar sabab siyosiy muzokaralar ham qoldiriladi.

Xo‘-o‘sh! Siz ham Avstraliyaga borishni istarmidingiz?

Teglar