Gruziyada favqulodda holat rejimi va komendantlik soati bekor qilindi

  • 09:08 / 22.05.2020
  • 85

Gruziya hukumati 22-maydan boshlab koronavirus bilan bog‘liq favqulodda holat bekor qilinganligi sababli komendantlik soatlarini uzaytirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar beradi TASS.
 
“Iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan asta-sekin, ehtiyotkorlik bilan normal hayotga qaytish juda muhim. Shunday qilib, hukumat favqulodda holatni va komendantlik soati muddatini uzaytirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi”, dedi bosh vazir Georgiy Gaxariya.
 
Ma’lumot o‘rnida, 21-mart kuni Gruziya hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida favqulodda holat e’lon qildi. 10 kundan keyin mamlakatda komendantlik soati e’lon qilindi, fuqarolar har kuni soat 21:00 dan 06:00 gacha uydan ko‘chaga chiqmasligi kerak edi.