Gruziyada Oʻzbekistonning gastronomik turizm taqdimoti oʻtkazildi

  • 20:33 / 14.08.2019
  • 70

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

11-avgust kuni Gruziyaning Tblisi shahrida Oʻzbekistonning gastronomik taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda 1000 nafarga yaqin kishi ishtirok etdi.

Taqdimot marosimiga turli millat vakillari tashrif buyurib, ularning orasida gruzin, ozarboyjon, turk, arman, qozoq, rus va arab millatiga mansub kishilarni qayd etish mumkin.

Gastronmik taqdimot davomida yigʻilganlarga 1000 ta manti, 500 ta xinkali va 500 kg palov tayyorlab tarqatildi. Shu bilan birga, Oʻzbekistondan olib borilgan shirinliklar tarqatildi.

Ayniqsa, Gruziya xinkalisi va oʻzbek mantisi oʻrtasidagi “bellashuv” Tblisi mahalliy aholisi  va mehmonlari yodida saqlanib qoladigan boʻldi. Unda bizning manti taomimiz gʻolib boʻldi. Shu bilan birga, tblisiliklar Oʻzbekistonning mashhur milliy taomlaridan tortib to sharqona shirinliklar mazasigacha tatib koʻrishga muvaffaq boʻlishdi.

Bundan tashqari o'zbek va gruzin xalqining musiqiy chiqishlari yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishlab, barchani raqsga chorladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu tadbirlar Toshkent-Tblisi-Toshkent toʻgʻridan toʻgʻri muntazam aviareysining ochilishi sharafiga oʻtkazilmoqda.

Mazkur taqdimotni oʻtkazishda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qoʻllab-quvvatlashi barobarida Gruziyadagi oʻzbek diasporasi hamda Oʻzbekistonning Gruziyadagi elchixonasining hissasi katta boʻldi.

Teglar