Gvardiola: “Har mavsum oldidan mendan kim favorit deb soʻrashadi, lekin javob berolmayman”

  • 19:04 / 14.09.2021
  • 120

“Manchester Siti” bosh murabbiyi oʻzining Chempionlar Ligasining yangi mavsumidagi umidlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Bu guruh bosqichidagi birinchi oʻyin va hali pley-offga chiqish kerak. Har mavsum oldidan mendan kim favorit deb soʻrashadi, lekin javob berolmayman. Hamma narsani oldindan aytib boʻlmaydi, kuchli jamoalar koʻp. Guruh bosqichi har doim qiyin kechadi.

Qachonki, odamlar menga Chempionlar ligasida gʻalaba qozonishim kerakligini aytishsa, men roziman. Har yili xuddi shunday. Agar men Chempionlar ligasida gʻolib boʻlsam, klub uchun xursand boʻlaman.

Men qoʻlimdan kelganicha harakat qilaman va odamlar mening ishimni, futbolchilarimni qanday baholashsa, men ham ularni shunday baholayman. Oxirgi besh yilda ular aql bovar qilmas natijalarga erishdilar”, — dedi Gvardiola.