Ha yoki yo‘q: tovuq go‘shtini tayyorlashdan avval yuvish kerakmi? 

  • 12:51 / 19.01.2019
  • 4899

Tovuq va kurka go‘shtini yuvish – uy oshpazlari nazardan qochirmaydigan qadam. Biroq aniqlanishicha, tovuqni «cho‘miltirish» oshqozon bilan bog‘liq kasalliklar kelib chiqish ehtimoliga sabab bo‘lishi mumkin ekan. Demak, yuvish kerakmi yoki yo‘q? Aynan hozir shu savolga javob berishga harakat qilamiz.

Foto: Shutterstock

Yo‘q, tovuq go‘shtini yuvishingiz kerak emas.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, iste'molchilar meva va sabzavotlarni suvda chayib olishlari kerak, biroq go‘sht yoki tovuq, tuxum bilan bunday qilmasliklari kerak. «Bu haqda aytganimizda odamlar hali ham hayron bo‘lishadi, - deydi oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Marianna Greyvli (Marianne Gravely)The New York Times’ga bergan intervyusida. – Biroq hayratlanarli jihati, buni 1990-yildan beri ta'kidlab kelamiz».

«Tovuq go‘shtini yuvish ko‘p bakteriyalarni yo‘q qilmaydi, - deya hamkasbining fikrini qo‘llab-quvvatlaydi Shimoliy Karolina universitetidan Benjamin Chapmen. - Biroq bu mikroblarni qo‘llar, ishlanayotgan yuza, kiyimlar, yaqin orada turgan idish va ovqatlarga tarqatishi mumkin».

Salmonella va kampilobakter kabi patogenlarni yo‘q qilishning yagona usuli – taomni tayyorlash. Uy parrandasi uchun minimal xavfsiz harorat 165 daraja, qiyma uchun – 160 daraja, steyk, baliq va mollyuskalar uchun – 145 darajadan iborat.

Qanday qilib o‘zimizni qo‘shimcha tarzda himoya qilishimiz mumkin?

Oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz qayta ishlashdagi yana boshqa ikki qadam – ajratish va tozalash ham ifloslanishning oldini olishda yordam beradi. Gap xom go‘shtni boshqa mahsulotlardan alohida saqlash, shuningdek tayyorlash vaqtida turli taxtakachlardan foydalanish haqida ketmoqda.

Tozalashga kelsak, mutaxassislar tozalashda qo‘llaniladigan barcha narsalarni ko‘pikli suvda yuvishni tavsiya etadilar. Qo‘llar haqida unutmaslik kerak. Ularni sovun bilan 20 soniya davomida ovqat tayyorlashdan oldin va undan keyin yuvishni unutmang. Bu nima uchun muhim? Mavzuga oid tadqiqotlar odamlar xom go‘shtdagi bakteriyalarni muzlatkich tutqichlari va hatto salatlarga ham tarqatishini ko‘rsatdi.

Va nihoyat, oziq-ovqat mahsulotlarini tozalashda tozalash vositalarini qo‘llamang, chunki u ta'mga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Teglar