Habib Nurmagomedov Morgenshternga qarshi keskin fikr bildirdi

  • 15:20 / 25.03.2021
  • 115

Rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqda reper Morgenshtern haqida keskin fikr bildirdi. Habib Morgenshternni “Iblis” deya atagan hamkasbi Aleksandr Shlemenkoni qo‘llab-quvvatlagan. Sportchi Morgenshtern bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti degan fikrda.

“Aslida qadriyatlar o‘zgardi va bundagi eng qo‘rqinchli mavzu – bolalardir. Bolaning begonasi bo‘lmaydi. Umid qilamanki, mamlakatimizda biror intizom organi paydo bo‘lib, mana shu axloqsizlikni ekranlardan olib tashlaydi”, dedi Nurmagomedov.

Ma’lumot uchun, avvalroq Habib Nurmagomedovning hamkasblari – MMA jangchilari Aleksandr Shlemenko va Dmitriy Nosov ham Morgenshternni axloqsizlikni targ‘ib qilishda ayblagan edilar.