Habib Nurmagomedov otasining ahvoli juda og‘ir ekanini aytdi

  • 11:11 / 19.05.2020
  • 140

UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov hali ham og‘ir ahvolda, deb yozmoqda TASS.
 
Ta’kidlanishicha, 57 yoshli murabbiyning o‘pkasi jiddiy shikastlangan, u gapira olmayapti va qimirlamayapti. Unda insult kuzatilgan.
 
Shuningdek, Habibning o‘zi ham Instagram sahifasidagi jonli efir vaqtida otasi haqida gapirgan va uning sog‘lig‘i uchun duo qilayotganlarga minnatdorchilik bildirgan.

“Otam hozir shifoxonada. Uning ahvoli juda og‘ir. Bu virus uning yuragiga ta’sir qildi. Bir yil oldin otam yurak operatsiyasini o‘tkazgandi. U hozir yana bir jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi, shuning uchun u juda og‘ir ahvolga tushib qolgan”, deydi sportchi.

Aprel oyi oxirida Abdulmanap Nurmagomedovga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgandi. May oyida uning holati yomonlashgan va murabbiy Moskvaga olib kelingan. Keyinroq unda koronavirus aniqlangan.