Habib Nurmagomedov: “Umar Nurmagomedov o'zining navbatdagi jangini 23-noyabr kuni O'zbekistonda o'tkazadi”

  • 11:16 / 07.10.2019
  • 904

11 jangda g'alaba qozongan va bir marta mag'lubiyatga uchramagan rossiyalik jangchi Umar Nurmagomedov o'zining navbatdagi jangini 23-noyabr kuni O'zbekistonda o'tkazadi. Bu haqda uning amakivachchasi, UFC chempioni Habib Nurmagomedov ma'lum qildi.

Ushbu jangda unga Nikita Chistyakov raqiblik qiladi. Jang hozirda Umarga tegishli bo‘lib turgan GFC kamari uchun kechadi. GFC promoushenining yuzi UFC chempioni Habib Nurmagomedov hisoblanadi. Shu boisdan, katta ehtimol bilan Habib 23-noyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi.


"Рать" menejeri Aleksandr Skaredinning so'zlariga ko'ra, bo'lajak jang Nikita Chistyakovning karyerasida juda katta rol o'ynaydi: "Bu faoliyatidagi jiddiy qadam. Bundan tashqari, bu mag'lubiyatsiz janglar o‘tkazgan Nurmagomedovga qarshi kurash. Nikita hozir bo‘lajak jangga tayyorgarlik ko'rmoqda. Biz chempionlik uchun kurashamiz. Va bunday raqib ustidan g'alaba qozonish Nikitaning reytingini ko'taradi va auditoriyasini kengaytiradi, bu MMAda juda muhimdir. Agar jang muvaffaqiyatli o'tsa, bu Nikitaning xorijdagi aksiyalari narxlarini ham oshiradi.”

Eslatib o'tamiz, GFC musobaqasi O'zbekistonda MMAdagi birinchi turnir bo'lib, musobaqada o'zbekistonlik yetti nafar jangchi qatnashadi.

Teglar