Hafta memlari: Barak Obama Hillari Klinton bilan

  • 11:00 / 02.08.2016
  • 9924

AQShda Demokratik partiyaning s'yezdi ham yakunlandi. Unda, mamlakatning amaldagi davlat rahbari Barak Obama ma'ruza qilib, bo‘lg‘usi prezidentlik saylovlarida partiyadoshi Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Bu safargi saylovoldi kampaniyasi boshqalaridan amaldagi davlat rahbarining o‘z o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodga faol yordam ko‘rsatishi bilan ajralib turibdi. Obama nutqini tugatgach, Hillari Klintonni bag‘riga bosib qutladi. Ayni shu jarayon aks etgan surat esa, Reddit ijtimoiy tarmog‘idagi Photoshop Battles guruhining bosh muhokama mavzusiga aylandi. 

Reddit foydalanuvchilari suratning o‘z namunalarini taqdim etishgan. Ular, sahnada boshqa siyosatchilar turganida, yoki Klinton o‘rnida Berni Sanders demokratlar nomzodi sifatida tayinlanganda, surat qanaqa ko‘rinishda bo‘lishini taxmin qilishgan. 

Ular shunindek, Donald Tramp ustidan ham hazil qilishgan. Uni, yaqinlashib kelayotgan halokatlar timsoli sifatida ko‘rsatishga urinishgan.

Reddit foydalanuvchilari, Amerikani Titanik kemasiga qiyoslash barobarida unda Barak Obama va Hillari Klinton birga sayohat qilishayotgani xususida ham xayollariga erk berishgan. 

Foydalanuvchilar, boshqa film va seriallarni ham yoddan chiqarishmagan. 

Woodstock rok festivali

Teglar