Haj va Umraga borish tartiblarida rasmiy o‘zgarishlar yo‘q – Diniy qo‘mita

  • 17:43 / 06.04.2021
  • 71

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Ramazonda koronavirusga qarshi emlangan ziyoratchilar uchun haj safariga ruxsat berilishi mazmunidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, bu masalada Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan hech qanday rasmiy qaror e’lon qilinmagan.

“2021 yil Ramazon oyida Umra qilish, namoz o‘qish va ziyoratga kelish uchun ruxsatnoma olish tartibi va sog‘liqqa qo‘yiladigan talablar e’lon qilingan, unga ko‘ra, vaksinasiya qilingan va to‘liq immunitetga ega bo‘lgan fuqarolar mazkur amallarni bajarish uchun Baytullohga kirishlari mumkin. 
Mazkur cheklovlar Ramazon mavsumiga taalluqlidir”, deyiladi Qo‘mita munosabatida.