Har bir kishi uchun zarur bo‘lgan 5 ta buyum

  • 15:51 / 12.02.2019
  • 4903

 

Texnologiyalar bir joyda turmaydi. Har oyda hayotimizni osonlashtiradigan yangi gadjetlar paydo bo‘ladi. Siz uchun kundalik hayotda asqotadigan 5 ta gadjet haqida so‘z yuritamiz.

Oshxona tarozisi

Ilgari oshxona tarozisi kulinariya ishqibozlari yoki bodibilderlar uchun zarur sanalardi. Aslida esa bu gadjet ozish va porsiyani nazorat qilishni istagan har bir inson uchun kerakli buyum. O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘pchilik o‘z ratsioni hajmini noto‘g‘ri baholaydi. 200 gramm va 300 gramm grechkani ko‘z bilan aniq chamalay olmaymiz. Tort bo‘lagi haqida-ku aytmasa ham bo‘ladi! Kam harakatli  hayot tarzida ortiqcha iste'mol qilish zamonaviy jamiyatning dolzarb muammolaridan biri. Umuman olganda, oshxona tarozisi bilan muvozanatlashgan ratsionga amal qilish oson kechadi.

Fitnes bilakuzugi

Sog‘lom turmush tarzi uchun yana bir gadjet. Tadqiqotlar fitnes-trekeri mavjudligining o‘zi bizni ko‘proq piyoda yurishga undaydi. Aytgancha, bilakuzuk sabab aslida qancha yurganingizni tushunasiz. Axir ayrim vaqtlarda eng faol kun bor-yo‘g‘i 5 ming qadam bo‘lib chiqadi.

Elektr tish cho‘tkasi

Ko‘pchilik pul qizg‘anadigan buyumlardan biri. Biroq elektr tish cho‘tkasi tishlar gigiyenasi va stomatologga borish uchun sarflanadigan pullarni ancha tejaydi. Batareykada ishlaydiganlarini emas, akkumulyatorlilarini tanlang.

Harakatlanish datchigiga ega batareya

Tejamkorlik ixlosmandlari uchun ham, tunda muzlatkichni ochadiganlar uchun ham dolzarb. Harakatlanish datchigiga ega batareya qorong‘ida qoqilib ketishga yo‘l qo‘ymaydi va xonadan chiqishingiz bilan o‘chadi. Bunday lampochkalar yo‘lak va vannaxona uchun ayniqsa mos keladi.

Havo namlantirgichi

Bu kichik qurilma shamollash kasalliklari profilaktikasini ta'minlaydi, teri va sochlar namligi darajasini saqlaydi, oson nafas olish imkonini beradi.

Teglar