«Har bir odamga 1 mln dollardan berilsa nima bo‘ladi?». Shunga o‘xshash 6 savolga javoblar

  • 13:35 / 10.06.2019
  • 1217

Odamlar tez-tez «agar unday bo‘lsa, qanday bo‘lardi?» qabilidagi xayollar ustida bosh qotirishadi. Shuning ortidan dunyo kinematografiyasida yuzlab fantastik syujyetlarda olingan ijod mahsullari topiladi. Ular orasida marsliklarning yerda qanday hukmronlik o‘rnatishi haqidagilaridan tortib, o‘limga olib keluvchi virus tarqagandan so‘ng tirik qolgan yolg‘iz odam va uning kuchugining yashab ketishga bo‘lgan urinishlari aks ettirilgan xayoliy voqealarni ham uchratamiz.

Keling, endi lirik chekinishni bir chetga surib, faktlar haqida gaplashamiz: masalan, agar hayvonlar odamlar bilan urushga kirishishsa yoki har birimiz kamida 1 mln dollarga egalik qilsak, nima bo‘lardi?

1. Hammaga 1 million dollardan berilsa

Bunga ishonish qiyin, lekin odamlar millionerga aylanishi bilanoq ular yoppasiga kasallanishni boshlashadi, chunki 1 kupyurada taxminan 30 ming atrofida mikrob mavjud. Bittasidan davolanib qutulganingizdan so‘ng keyingisi chiqib kelaveradi.

Yana qanday oqibatlar kelib chiqishi mumkin:

  • Muomaladagi 180 xil valuta o‘z qimmatini yo‘qotadi;
  • Dunyo aholisining taxminan 35 foiz qismi ishdan haydaladi, iqtisodiyot qulaydi, jamiyat tanazzulga uchraydi va yana hammasini boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi;
  • Sotuvda birorta ham bo‘sh kvartira qolmaydi;
  • Odamlar o‘rtacha 20 kg qora ikra va 4ta Ferrari sotib olishlari mumkin;
  • Mahsulotlar ishlab chiqarish to‘xtatiladi, xizmatlar ko‘rsatilmaydi;
  • Banklarga ehtiyoj yo‘qligidan ular yopiladi;
  • Turar joylardan o‘g‘riliklar soni ortadi;
  • Puldan boshqa maqsadlarda foydalanish boshlanadi;
  • Odamlar dangasaga aylanishadi;
  • Oliy, o‘rta va quyi qatlam orasidagi tafovut yo‘qoladi.

Albatta, pulning ko‘pligi yaxshi, lekin hayotda moddiyatdan ham muhimroq narsalar mavjud.

2. Agar hayvonlar insonlarga qarshi kurashga kirishishsa

Bu urush dastlab tuyilganidek oddiy bo‘lmaydi va bir necha bosqichlarni qamrab oladi:

  • uy hayvonlari o‘z egalariga hujum qilishadi. Birinchi navbatda mushuklar qo‘zg‘oloni boshlanadi: ular eng o‘tkir tirnoqlar va 50 km/soatgacha tezlikka ega. Sayyoramizdagi eng tez yuguruvchi shaxsning natijasi soatiga 44,72 km/soat. Mushuk sizga yetib oladi va jazolashni boshlaydi. Albatta siz qochishingiz mumkin, lekin uy hayvonlaridan olingan tirnalishlar uzoq vaqt davomida sizni qiynaydi, ayniqsa ular infeksiyalangan bo‘lsa;
  • kurashga keyingi navbatda kuchuklar kirishadi. Ularning akillashi 300 metr balandlikda uchayotgan reaktiv samolyot tovushi bilan bir xil darajada 115 dB gacha yetadi. Agar ular birdaniga vovullasa odamlarda ruhiy xuruj boshlanadi va o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘payadi;
  • uy hayvonlari o‘z egalari bilan hisob-kitob qilgunga qadar, chigirtkalar dala maydonlarini zabt etishadi. Axir ular bir kunda o‘rtacha 160 ming tonna oziq -ovqatni yo‘q qilishlari va 1 oydan so‘ng dunyo aholisi ta'minotdan umuman mahrum bo‘lishi mumkin;
  • insonlar najotni suvdan qidira boshlashadi. Oq akulalar esa eng tajovuzkor dushman. 2018 yilning o‘zida akulaning odamga tashlanishiga doir 66 holat aniqlangan, ulardan 4tasi o‘lim bilan yakunlangan. Shundan so‘ng insonlar jonivorlarning tajovuzkorligiga qarshi vaksinalar ishlab chiqarib ularni o‘zlarida sinab ko‘rishni boshlashadi;
  • qushlar kurashga boshchilik qilishadi, yetakchilik eng aqlli hisoblangan chumchuqlarga beriladi. Axir butun og‘irligi 100 gramm bo‘lgan chumchuqlar 4 grammga teng miyaga ega. Eshakning har 100 gramm tanasiga esa 0,1 gramm miya to‘g‘ri keladi. Kabutarlar 90 turga yaqin kasallik uyg‘otuvchilarini tashib eng xavfli bo‘lishlari va epidemiya tarqatishlari mumkin;
  • yer ostida jon saqlashga harakat qilish varianti ham bor, lekin kalamushlar hujumi kutib turgan bo‘lishi mumkin. Dunyoda o‘rtacha bir odamga 2ta kalamush to‘g‘ri keladi va ular insondan 48 mln yil oldin paydo bo‘lgan.

Favqulodda vaziyat signalini sezgan ba'zilar boshqa sayyoralarga uchib ketishga harakat qilishlari mumkin, lekin ularda tayyorgarlikka ketadigan vaqt va yashab qolish uchun jihozlar yetarli bo‘lmagani uchun kosmosda oqim bo‘ylab suzib yurishadi xolos.

3. Agar faqatgina 24 soat umr ko‘rsak...

Foto: Xenia Shalagina /AdMe.ru

Demak boshladik, vaqtimiz juda kam. 18 daqiqadan keyin yurishni, yana 5 daqiqa o‘tib gapirishni boshlaymiz. Hayotimizning 2 yarim soati tugagach, maktabga boramiz, o‘qishning 3,2 soati tugab bitiruvchi bo‘lamiz. 20 soatdan keyin nafaqaga chiqadigan yoshga yetamiz. Butun umrimiz davomida:

  • 40 daqiqa - yangiliklar va ma'lumotlar o‘qishga;
  • 50 daqiqa - ovqat tayyorlashga;
  • 80 daqiqa - transportda yurishga;
  • 2,5 daqiqa - shaxsiy hayot uchun;
  • 6 soat - sevimli serial va filmlar ko‘rishga, ishxonada kompyuter qarshisida;
  • 8 soat - uyquga sarflanadi.

Umuman olganda, kuningiz maroqli va yorqin o‘tadi, siz bir ishni ertangi kunga qoldirolmaysiz. Mustaqil ta'lim, yangi hissiyot va taassurotlarga ega bo‘lish hayotingizning asosiy maqsadi bo‘ladi.

4. Agar siz sayyoraning eng so‘nggi odami bo‘lsangiz

Foto: Xenia Shalagina /AdMe.ru

Tasavvur qilib ko‘ring-a, siz dunyo egasisiz. Nima qilgan bo‘lardingiz? Imkoniyatlar cheksiz, eng asosiysi esa, hech kim sizni xohlagan ishingizdan chalg‘ita olmaydi.
Yana quyidagilarni amalga oshira olasiz:

  • dunyoda mavjud 1 milliarddan ortiq avtomobildan xohlaganingizni olish;
  • eng qimmat butiklardan kiyinish;
  • qiziqarli joylarga bepul tashrif buyurish. Faqatgina avtomobil yoki samolyot yoki vertolyot boshqaruvini bilsangiz bo‘ldi. Chunki sizni hech kim manzilingizga yetkazib qo‘yolmaydi. Sizning qo‘l ostingizda 2 667 417 shahar va qishloqlar bor;
  • 340 turdan ortiq kuchuklardan har qandayini boqib olishingiz mumkin.

Lekin noqulayliklar ham mavjud:

  • 10 yil o‘tib barcha mahsulotlarning yaroqlilik muddati tugaydi, shakar, tuz va asal bundan mustasno. Siz turgan shaharda bundan tezroq bo‘lishi ham ehtimol;
  • 5 yil o‘tib avtomobilingiz uchun benzin tamom bo‘ladi, ishlab chiqarib berishga esa ishchi kuchi yo‘q;
  • dehqonchilik bilan shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keladi;
  • yolg‘izlik tez qarishga olib keladi;
  • tushkunlik paydo bo‘ladi, buning ortidan uyqusizlikdan azob chekasiz.

5. Agar dunyoda faqat erkaklar qolsa

Yer aholisining 49,6 foizini ayollar tashkil etadi. Ular g‘oyib bo‘lishsa, nimalar sodir bo‘lishi mumkin? Balki bu katta yo‘qotish emasdir?

Ko‘rib chiqamiz:

  • oila yo‘qoladi va demografik inqiroz boshlanadi;
  • deyarli barcha kosmetika vositalari keraksizga aylanadi, erkaklar o‘zlariga qaramay qo‘yishadi;
  • kuchli jins vakillari suhbat qurishga yaqinlari yo‘qligi sababli oradan 3-4 hafta o‘tib gapirgani mavzu topolmay qolishadi;
  • bola qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida hamma unuta boshlaydi.

Bir afzallik ham mavjud - erkaklar bir yilda o‘rtacha 18 kunni ayollar uchun sovg‘a qidirish bilan sarflashdan qutulishadi.

6. Agar barcha qonunlar 24 soatga bekor bo‘lsa

Barcha kodeks va qoidaladan kun davomida voz kechsak, quyidagi haqiqiy fojialar sodir bo‘lishi mumkin:

  • birinchi soatdayoq har bir do‘kon tunab ketiladi;
  • hattoki ijtimoy axloq qoidalariga eng munosib ravishda amal qiluvchi odam ham qolgan umri uchun o‘g‘rilik qilishga kirishib ketadi;
  • odamlar o‘zini - o‘zi himoya qilishga majbur bo‘lishadi, hammada qurol, har yerda otishma;
  • dam olish kunining erta tongida ta'mirlash ishlari bilan uyquni buzuvchi qo‘shnidan o‘ch olish holatlari kuchayadi;
  • tushlikkacha 100 mingdan ortiq avtomobil olib qochiladi;
  • siz shu qatorni o‘qib turgan vaqtingizdagidek  o‘zingizni xavfsiz his eta olmaysiz.

Qonunlar bizni cheklash uchun emas, balki tartibni saqlash va bizning xavfsizligimizni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Teglar