Har qanday ish joyini tashkillashtirish uchun 7 maslahat

  • 15:12 / 03.07.2019
  • 695

Ayrim tadqiqot natijalari ish joyidagi tartib ijodiy fikrlash va unumdorlikka bevosita ta'sir qilishini ko‘rsatgan. Biroq shunday fikrlar ham borki, tartibsizlik aksincha ijodkorlikka hissa qo‘shadi. Biroq bu odamning o‘zi va shaxsiyat turiga bog‘liq. Har qanday holatda ham vaqtni tejash va faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish doimo samarali mehnatga olib keladi. Xaosdan xalos bo‘lish va zavq bilan ishlashda yordam beradigan bir necha maslahatlar quyidagilardan iborat.

Buyumlardan foydalanishingizga qarab ularni to‘g‘ri joylashtiring

Bu maslahat kerakli asbob yoki materialni izlash uchun zarur bo‘lgan vaqtni qisqartirishda yordam beradi. Barini shunday joylashtiringki, tez-tez foydalaniladigan buyumlar sizga yaqinroq, juda kam ishlatiladiganlari esa uzoqroqda bo‘lsin. Ehtimol, mazkur tavsiya o‘z-o‘zidan ayon bo‘lgan narsa sifatida ko‘rinishi mumkin, biroq kerakli narsani izlab, biror vazifani shoshilinchda bajargan vaqtlaringizni yodga oling-chi.

Simlar uchun mahkamlagichlarni tayyorlang

Stol chetiga kanselyariya qisqichlarini mahkamlang. Ana o‘shanda kerakli sim polda emas, qo‘l ostingizda bo‘ladi. Bu simlarning ishdan chiqishining oldini olishda ham yordam beradi.

Qurilmalarni saqlash uchun foylanilmaydigan joylarni qo‘llang

Shift ostida qurilma va boshqa buyumlarni saqlash uchun javonlarni yasashingiz mumkin. Binoning har bir kvadrat metridan unumli foydalanish uchun mavjud maydonni sinchkovlik bilan o‘ylab chiqish kerak.

Mayda detallarga e'tibor bering

Burama mix va boltlarni ikki tomonlama yopishqoq lenta (skotch) bilan mahkamlab, maxsus doska yasashingiz mumkin. Maksimal qulaylik uchun doskadagi har bir elementni marker bilan yozib chiqish mumkin.

Asboblarga belgilar qo‘ying

Bu jamoada ishlaydiganlar uchun maslahat. O‘zingizga tegishli bo‘lgan moslamalarni o‘zgalarniki bilan adashtirmaslik uchun ularning ustiga belgilar qo‘ying. Odatda o‘z buyumlarimizga ko‘nikib qolamiz, hatto xuddi shunday buyum ham qo‘llashda biz uchun noqulay bo‘lib tuyuladi.

Simlar uchun yorliqlar yopishtiring

Agar gadjet va devayslaringiz bir necha bo‘lsa, ularning har birining simi qanday ko‘rinishda ekanini eslab qolish mushkul. Bu holatda sizga mayda yorliqlar yordamga keladi.

O‘zingiz bilan yon daftarini olib yuring

Ehtimol, raqamlashtirish davrida bu tavsiya ma'nosiz bo‘lib ko‘rinishi mumkin, biroq smartfonning quvvati tugashi va buzilib qolishi mumkin. Odatiy qog‘ozli yon daftarcha nafaqat detallarni yodda saqlash, balki shaxs sifatida rivojlanish instrumentiga ham aylanishi mumkin. Miyamizda doimiy ravishda ko‘plab g‘oyalar aylanadi, biroq ko‘pincha o‘sha yerda qolib ketadi. O‘zingiz qiziq yoki foydali deb hisoblagan har bir detalni yozib borish muhim.

Biroz vaqt o‘tgach, uni qaytadan o‘qib, nimani amalga oshira olganingiz yoki aksincha bajarmaganingizni tushunasiz. Bundan tashqari, o‘zingizning barcha g‘oyalaringizni tahlil qilasiz va to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanayotganingizni tahlil etasiz.

Yana bir layfxak: yon daftaringiz varaqlari tugaganida barcha qaydlaringizni qaytadan ko‘rib chiqing va oxirida asosiy so‘zlar va betlar raqami ro‘yxatini tuzing. Ana o‘shanda keyinchalik ma'lumotlarni izlash oson va tez bo‘ladi.

Teglar