Har qanday karerada zarur bo‘lgan eng kerakli ko‘nikmalar

  • 13:11 / 18.10.2018
  • 3540

Bloger Tim Denning o‘zining Medium’dagi postida kompaniyada ishlaysizmi, yoki o‘z biznesingizni yuritasizmi siz uchun karerangizda zarur bo‘lgan ko‘nikmalar haqida so‘zlab bergan.

Foto: Pixabay

Ko‘nikmalarning to‘g‘ri to‘plami sizni tengi yo‘q xodimga aylantiradi. Ularga ega bo‘lish orqali:

  • qancha pul ishlab topishni tanlash;
  • kompaniyada ishlab, bir vaqtning o‘zida o‘z biznesingizni rivojlantirish;
  • sizda ishtiyoq uyg‘otadigan ustozlarni topish;
  • har qanday narsaga “yo‘q” deyish;
  • muhim insonlar hurmatiga sazovor bo‘lish;
  • to‘g‘ri maslahatlar berish;
  • boshqalarda ishtiyoq uyg‘otish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Agar ana shunday natijalarga ega bo‘lishni istasangiz, sizga aytib berishni istagan ko‘nikmalarimga diqqatingizni qarating.

Kompaniya uchun ishlash

Ko‘pchilik ishni kompaniya yoki mijoz foydasi uchun emas, boshqalarga yaxshiroq ko‘rinish uchun bajaradi.

“O‘rganish kerak bo‘lgan eng muhim ko‘nikmalardan biri - ish vaqtida faqat o‘zini o‘ylamaslik. Harakatlaringiz ortida yashiringan xudbinlikni odamlar yaqqol sezishadi”.

Ijtimoiy tarmoqlarni yuritish

Foto: Pixabay

Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish orzu ham qilmagan natijalarga erishishingizda yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni to‘g‘ri yuritish borasidagi maslahatlar quyidagicha:

  • “Bugun men kimni ko‘rganimni qaranglar” qabilidagi suratlarni joylashtirishni bas qiling.
  • Ijtimoiy tarmoqlarda har kuni bitta sahifani yuriting. Men LinkedIn’ni tavsiya qilgan bo‘lardim.
  • Original kontentni joylashtiring.
  • Odamlar nima deb o‘ylashidan xavotirga tushmang.
  • Muayyan sohada mutaxassisga aylaning. Keyin ana o‘sha mavzu haqida gapiring.
  • Betakror va qiziqarli bo‘ling.

Nohaqligingizni tan oling

Men nohaqligini tan olishni rad etadigan ko‘plab odamlarni uchratganman. Bunday odamlar barchasiga kompaniyani aybdor hisoblab, doimo yangi ish qidirish bilan ovora bo‘lishadi. Siz bunday qilmang. Ko‘pincha gap kompaniyada emas, sizda.

Foto: Pixabay

Kamroq xato qilish

Samarali ishlash uchun vaqtingizning ko‘p qismini muvaffaqiyatsizlikka sarflay olmaysiz. Aks holda qo‘lidan hech narsa kelmaydigan ahmoqsiz. Ha, biz xatolar qilishimiz kerak, biroq ular tez-tez yuz bersa, faxrlanishga arziydigan jihatlaringiz yo‘q. Muvaffaqiyatsizliklar ortida g‘alaba yotsagina, ulardan faxrlanish mumkin.

Qarorlar qabul qila olish

“Ha” yoki “yo‘q” deyishni o‘rganing. Biznesda aniq javob ayta olmaydiganlarga tez-tez duch kelasiz. Ular neytral va xavfsiz tomonni tanlaydilar.

Betakror bo‘lib ko‘rinishga urinmaslik

Kimdir sizni muvaffaqiyatsiz deb hisoblaydi; yana kimdir sizda Supermenni ko‘radi; yana boshqalar sizni aqldan ozgan va biznesda hech nimani bilmaysiz deb hisoblaydi.

O‘z davringizning 100 foiz ajoyib odami  bo‘lib ko‘rinishga urinmang. Bu kishini charchatadi. Agar o‘zingizga nisbatan tanqidni eshitsangiz, bu qolganlarga yetarli darajada ta'sir o‘tkaza olmayotganingizni anglatadi.

Kamrog‘ini tanlash

Bu menga super qobiliyat bo‘lib ko‘rinadi. Iste'dodli va muvaffaqiyatli kishilar ko‘p miqdordagi vazifalarga ro‘baro‘ kelishganida kamrog‘ini tanlaydilar. Ular hajmga qaraganda natijani muhim hisoblaydilar. Agar barini darhol bajarishni istasangiz, hech narsaga erishmaysiz.

Foto: Pixabay

Biror narsaga vaqtingizni ajratishingizni so‘rashsa, ko‘pincha “yo‘q” deng

Bosh direktorlar va tadbirkorlar bu ko‘nikmadan ko‘p foydalanganlarini ko‘rganman. Biror ishni bajarish so‘ralganida deyarli har doim “yo‘q” deb javob berishadi. Iltimos asosiy ustuvorliklarga mos kelganidagina rozilik beradilar.

O‘zgalar oldida chiqish qilish

Muvaffaqiyatli kareraning asosiy ko‘nikmasi – muloqot. O‘zgalar oldida nutq so‘zlashni o‘rganing. O‘zingizga ishoning va fikringizni to‘g‘ri bayon qiling – ana shu yo‘l bilan imkonsiz narsani amalga oshirgan bo‘lasiz.

Foto: Pixabay

Tarmoqni shakllantirish

Har safar muammoga duch kelganimda ana shunday qiyinchiliklarni boshdan kechirgan tanishlarga maslahat so‘rab murojaat qilaman. Fikrlarim cheklangan, hayotimda ko‘rganlarim mavjudlarining mingdan birini tashkil qiladi. Tanishlaringiz tarmoq tajribaga qaraganda muhim. Uni qurish bo‘yicha bir necha maslahat quyidagicha:

  • So‘raganlariga qaraganda ko‘proq bering.
  • Va'dangizni doimo bajaring.
  • Qo‘rqmas bo‘ling va o‘z tarmog‘ingiz uchun odamlarni izlang.
  • Muayyan sohada mutaxassis bo‘ling.

Hikoyalar aytish

Quruq faktlarni taqdim etishingiz yoki hayotiy hikoyalarni aytishingiz mumkin. Hayotiy hikoyalar sizni tinglovchilar bilan yaqinlashtiradi. Biroq ko‘pincha uni qanday bajarish kerakligini bilmaymiz.

  • Karerangiz doirasidagi hikoyalar:
  • qisqa;
  • his-tuyg‘uga boy bo‘lishi;
  • mohiyatni namoyish etishi lozim.

Ayrim hikoyalarning ma'nosi yo‘q. Ular ko‘p vaqt oladi. Zerikarli va real maqsad uchun xizmat qilmaydi. Hikoyalarni yaxshi aytib berish karerada ta'sirga ega bo‘lish va samaradorlik uchun zarur.

Foto: Pixabay

O‘z-o‘zingizga ishonish

Muvaffaqiyatli va samarali karera yagona g‘oya ustiga quriladi: boshqa kishi sizga ishonishidan oldin o‘zingizga ishonishingiz lozim. Har birimiz har kuni orzuimizdagi karerani qurish yo‘lida qiyinchiliklarga duch kelamiz. Shuning uchun muhimi – eng boshdanoq o‘z-o‘zingizga ishonish. Qolgani ana shu umid urug‘idan unib chiqadi.

Teglar