Har yili noyabrda “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkaziladi

  • 13:48 / 29.05.2020
  • 164

“Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan har yili 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e’lon qilindi.

“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida hududlardagi turizm infratuzilma obyektlari tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirma va aksiyalar to‘g‘risida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining veb-sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Har yili 1-oktabrga qadar I guruh nogironligi bo‘lgan sayohat qiluvchi keksalar ro‘yxati shakllantiriladi va ular uchun “Sayohat barcha uchun!” xayriya sayohati loyihasi doirasida mamlakat bo‘ylab yiliga bir marotabadan ko‘p bo‘lmagan sayohat tashkil qilinadi.

Shuningdek, mahalliy byudjet va uning orttirib bajarilgan qismidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj va yolg‘iz keksalarning turar joylari ta’mirlanadi.

Qaror bilan Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.