Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

  • 11:49 / 14.01.2020
  • 112

Foto : Prezident Matbuot xizmati

Kecha, 13-yanvar kuni Prezident “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.


Unga ko‘ra, mamlakatning mudofaa qudrati va harbiy-texnik salohiyatini yuksaltirish, davlat xavfsizligi va chegaralar daxlsizligini ta’minlash, professional milliy armiyani shakllantirish, harbiy xizmat nufuzini oshirishdagi katta xizmatlari, jamoat tartibini saqlash, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi samarali mehnati, xizmat burchini bajarishda mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori malaka va mahoratga ega kadrlarni tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi orden va medallar bilan mukofotlandi.

Farmonning to‘liq matni bilan O‘zAning rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.