Havoni eng ko‘p ifloslantiruvchi mamlakatlar

  • 11:41 / 05.07.2019
  • 786

Karbonat angidrid chiqindisi ekologiya holatiga katta ta'sir ko‘rsatadi va odamning tarkibida uglerod bo‘lgan yoqilg‘ini yoqish kabi bir necha faoliyat turlari natijasida yuzaga keladi. Albatta, chiqindilar o‘simliklarning chirishi kabi jarayonlar natijasi ham bo‘lishi mumkin. Ushbu reytingda qo‘llaniladigan o‘lchov  sement ishlab chiqarish va qazib olinadigan yoqilg‘ini yoqish chiqindilarini hisobga oladi. Bundan tashqari, ifloslanish darajasini o‘lchash uchun uglerod dvuokisi chiqindisining aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi mezonlaridan foydalaniladi, deydi facte.ru.

2015 yilda Qatar aholi jon boshiga 39,7 tonnaga yaqin chiqindi ko‘rsatkichi bilan ifloslantirish darajasi eng yuqori bo‘lgan davlat edi. Kuvayt va Birlashgan Arab amirliklari 24,4 va 21,8 tonnalik ko‘rsatkich  bilan mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallashdi. Yetakchilar beshligini 18,6 va 17,5 tonnalik ko‘rsatkich bilan mos ravishda Avstraliya va Turkmaniston yakunlaydi.

Foto: Oil.Ekspert

Qatar

Karbonat angidrid gazi chiqindisi bo‘yicha birinchi o‘rinni Qatar egallaydi. 2017 yil holatiga Qatar aholisi 2,6 millionga yaqin kishini tashkil etgan. Bundan tashqari, mamlakat uglerodga to‘yingan neft mahsulotlarini ommaviy ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. 2012 yil holatiga ko‘ra, dunyo neft zaxirasining 13 foizidan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichi mamlakat hisobiga to‘g‘ri kelgan. Bu esa jami uglerod chiqindisi favqulodda darajada yuqori ekanini anglatadi.

Foto: FinanceSecond

Kuvayt

Qatar kabi Kuvayt ham neft konlariga boy mamlakat sanaladi. Bu ham aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi chiqindilar miqdorining katta miqdorda ekanini bildiradi. Davlatning havoni ifloslantiruvchi asosiy faoliyati: energetik soha, kimyoviy sanoat, transport. Chiqindilarning katta qismi mamlakatning janubi-sharqiy qismiga to‘g‘ri keladi. U yerda turli sohalardagi ko‘plab kompaniyalar joylashgan. Bundan tashqari, mamlakat u qadar ko‘p bo‘lmagan aholi (4,2 millionga yaqin) va dunyo zaxirasining 10 foiziga yaqinini tashkil etuvchi neftning katta zaxirasiga ega.

Foto: ABC

Avstraliya

Avstraliyada chiqindilarning katta qismi mamlakat tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ko‘mirdan foydalanish hisobiga yuz beradi. Mamlakatdagi 70 foiz energiya ko‘mir hisobiga ishlab chiqariladi. Ehtimol, bu mamlakat 2009 yilda birinchi qatorni egallashiga sabab bo‘lgan.

Albatta, holatni aniq bilish uchun boshqa omillarni ham hisobga olish kerak. Qatar misolidagi ma'lumotlar eksport qilinayotgan va mahalliy darajada iste'mol qilinadigan mahsulotlarni hisobga olishi kerak.

Teglar