Hayot “audit”i: U qanday o‘tkaziladi?

  • 13:47 / 16.10.2018
  • 3788

Yozuvchi va jurnalist Tomas Oppong muvaffaqiyatga erishishda hayotingizni doimiy ravishda tahlil qilish muhimligini aytdi va buni to‘g‘ri bajarish borasida bir necha maslahatlar berdi.

Hayotingizni besh, o‘n, qirq yildan keyin qanday ko‘rishni istardingiz? Bu savolga ro‘yirost javob bera olasizmi?

Ko‘pchilik o‘ziga hayoti, nima bilan shug‘ullanayotgani haqida o‘ylab ko‘rish imkoniyatini bermaydi. Biz doim shu darajada bandmizki, ba'zida biroz tin olib, o‘tgan hafta, oy va yilni baholash to‘g‘risida unutamiz.

Foto: Unsplash

Hayot “audit”ini o‘tkazish boshlagan ishlarimizda qanday natijalarga erishganimiz, qaysi yo‘nalishda harakat qilish, nima bilan shug‘ullanishni bas qilish va yanada yaxshiroq bo‘lish uchun qanday vazifalarni bajarish bo‘yicha baholash.

Bunday tahlilning mohiyati hayotni tashkil qilishdan iborat. Muhimi – o‘z-o‘zimiz bilan rostgo‘y bo‘lish.

  • Birinchidan, har bir maqsad, istak, ehtiyojni turli qog‘ozlarga yozing (masalan, yangi ish topish, yutuqni qo‘lga kiritish, okean yonida yashash).
  • Ikkinchidan, bu ro‘yxatni kategoriyalarga ajrating (masalan, sog‘lik, oila, karera).
  • Uchinchidan, ularni vaqt bo‘yicha tashkil qiling (har bir maqsadga erishish uchun qancha vaqt ketadi).

Shaxsiy hayotning “taftishi”ni o‘tkazsangiz, samaradorligingiz ortadi.

Hammasi bo‘lib nima sizni ko‘proq qiziqtiradi/xavotirga soladi va siz buning ustida ish olib boryapsizmi?

Bunday tekshiruvni doimiy tarzda o‘tkazing. Zaruriyatga ko‘ra, hayotingiz maqsadlarini qayta tekshiring va diqqatni o‘zgartiring. O‘z taqvimingizga haftalik, oylik “audit”ni kiriting. O‘zingizga quyidagi savollarni bering:

Foto: Unsplash

Qay biri yaxshi o‘tdi? Yomon o‘tdi? Men nimani yaxshiroq bajaraman?

Bir necha soatni tekshiruvga sarflash shart emas. Bir hafta davomidagi o‘z samaradorligingizni tezda baholashingiz mumkin:

  • Bu maqsadlarimga erishishda qanday yordam beradi?
  • Buni ishlar ro‘yxatiga kiritish orqali nimaga ega bo‘laman? Boshqa yo‘l bilan ham shu foydaga ega bo‘lamanmi?
  • Buni ishlar ro‘yxatidan olib tashlash evaziga nimani yo‘qotaman? Uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun bu ta'sir qiladimi?
  • Men yaratganimga ko‘ra ko‘proq iste'mol qilamanmi yoki aksincha?
  • Taym-menejmentga nima deysiz? Chalg‘ishlar samaradorlikka ta'sir qiladimi?

Bir necha daqiqa davomida bo‘lsa-da, o‘tgan zamonni tahlil qiling va nimaga erishganingiz, kelajakda aqlliroq bo‘lish uchun o‘ylab ko‘ring.

O‘zingizga yordam berishingiz kerak odamdek munosabatda bo‘ling. Shaxsiy “qayta ishga tushirish” o‘ylab ko‘rish uchun a'lo darajadagi yondashuv.

O‘z-o‘zini tekshirish ustuvorliklarni to‘g‘ri tartiblash va har hafta diqqatni qaratishda yordam beradi. Ish va hayotning tahlili rivojlanish uchun g‘oyalar olib keladi. Ko‘p odamlar qanday qilib yaxshiroq bo‘lishni bilmaganlari uchun bir joyda turib qolishadi. Ular o‘z hayotini baholashmaydi!

Natija hissaga bog‘liq

Agar yaxshiroq natijalarga intilayotgan bo‘lsangiz, o‘z hissangizni baholang. Ishlarning hozirgi holatiga norozi bo‘lsangiz, vaqtni nimaga sarflayotganingizga e'tibor bering.

Foto: Unsplash

Ma'lumotlarning katta qismi vaqtni oladi va maqsad, orzuingiz uchun dolzarb hisoblanmaydi. Bir xil harakatlarni bajarishda davom etsangiz, boshqa natijalardan umid qilish yaramaydi. Foydali bo‘lmagan mashg‘ulotlar ro‘yxatini qisqartiring, maqsadlaringizga erishishga muvaffaq bo‘lasiz.

Qadamlar

Har oy o‘z mashg‘ulotlaringizni qayta ko‘rib chiqish uchun vaqt ajrating. Ijtimoiy tarmoqlar ham bundan istisno emas.

  • Bu harakatlar maqsad, istak va qadriyatlarni aks ettiradimi?
  • Ayni payt qaysi mashg‘ulotlardan voz kechishingiz kerak?
  • Aksincha nimaning ustida qattiq ishlash kerak?
  • Keyingi oylar davomida nimaga erisha olasiz?
  • Uzoq muddatli maqsadlar nimalardan iborat?
  • Hayotiy maqsadlarga yanada yaqin kelish uchun bugun nima qila olasiz?

Agar boshqa maqsadlarga erishishni istasangiz, biroq ayni damda bajarayotgan ishlarda davom etsangiz, hech narsani o‘zgartirmaysiz. Agar katta narsa haqida orzu qilayotgan bo‘lsangiz, har kunlik xatti-harakatlarni tahlil etish vaqti keldi.