Hech qachon kech emas! 60 yoshdan keyin hayotini o‘zgartira olgan ayollar

  • 12:46 / 08.10.2019
  • 888

1. Anna Meri Mozes 76 yoshida surat chiza boshladi.

Анна Мэри Мозес. / Фото: www.art-ag.ru

Uning hayoti og‘ir kechgan va boshqacha bo‘lishini tasavvur ham qilolmagan. U birovlarning firmasida, keyinchalik o‘zinikida ko‘p mehnat qildi. Xo‘jalik ishlarini yuritish o‘g‘liga o‘tgach Anna Meri Mozesning bo‘sh vaqti ko‘paydi. Boshida u kashta tikardi, keyinchalik 76 yoshida ilk bor qo‘liga mo‘yqalam oldi. 

 "Осенний пейзаж

Bolalarnikiday yorqin va sodda suratlarini avval do‘stlariga sovg‘a qilar edi. Kunlardan bir kun uning dorixona oynasidagi suratlarini tasviriy san’at ixlosmandi bo‘lgan Luis Kaldor ismli injener ko‘rib qoladi va Merining barcha tayyor suratlarini sotib olib, uning mashhur bo‘lishiga va’da beradi. 

1940-yilda Anna Meri Mezosning ilk ko‘rgazmasi ochildi. Bu paytda u 80 yoshni qarshilagandi. U hatto yuz yoshli yubileyida Mezos o‘z shifokori bilan miriqib raqs tushgandi. Anna Meri Mezos 101 yoshida olamdan o‘tdi. Ammo o‘zidan bir yarim mingtadan ziyod surat va Aziz Nikolas haqida suratli kitob qoldirdi. 

2. Ingeborga Moots 70 yoshdan keyin birjada o‘ynay boshladi.

Ингеборга Моотц. / Фото: www.tradersinvest.ru

Ingeborg Moots sakkiz yilda yarim million yevro ishlab, birjada mashhurlikka erishgan. U juda kambag‘al oilada tug‘ilgan, turmushga chiqqach esa eri u qadar saxiy emasligiga guvoh bo‘lgan. Yetmish yoshga kirganida Ingeborga Moots eriga o‘zini qimmatli qog‘ozlar savdosida sinab ko‘rmoqchi ekanini aytadi. U hech qanday qo‘llab-quvvatlov olmaydi, eri vafot etgach, uning aksiyalaridan xabar topadi. Bu uncha yomon bo‘lmagan boshlang‘ich kapital ekanligiga qaror qilgan Ingeborg Moots o‘zi uchun yangi sohani o‘zlashtira boshladi. 

Ингеборга Моотц. / Фото: www.brokers-fx.ru

O‘zining hamma amaliyotlarini hafsala bilan daftarga yozib borar, ilk noutbukka esa 90 yoshida ega bo‘lgan edi. Bugun Ingeborg Mootsni million dollarli kampirsho sifatida nom qozongan, ko‘pchilik uning fond bozorini zabt etish tajribasini o‘rganadi. 

3. Dorin Peshi 71 yoshida balerina bo‘ldi. 

Дорин Пеши. / Фото: www.econet.ru

U butun umr balet haqida orzu qilar, ammo oddiy muhandis-elektrik bo‘lib ishlardi. 71 yoshida esa imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdi va obro‘li britan raqs maktabiga qabul qilindi. Hozir u balet studiyasida haftasiga uch marta shug‘ullanadi, uydaligida esa har kuni  maxsus tutqichlar o‘rnatilgan oshxonasida harakatlarini mukammallashtirish ustida ishlaydi. Uyining hovlisida yangi harakatlarni mashq qiladi. 

Дорин Пеши занимается каждый день. / Фото: www.e-w-e.ru

Royal Academy of Dance’ga qabul qilingach uni Buyuk Britaniyaning eng yoshi katta balerinasi deb tan olishdi. Lekin uning uchun eng muhimi – bolalik orzusining amalga oshganidir. Hozir Dorin boshmoqlarda ishonch bilan turadi va kun sayin baletning sehrli olamiga sho‘ng‘ib boradi.  


4. Key D’Arsi 69 yoshida hamshiralik kasbini aktrisalikka o‘zgartirdi

Кей Д’Арси. / Фото: www.tr.geek.xyz

U oddiy hamshira bo‘lib ishlar, ammo aktrisa bo‘lish haqida doim orzu qilardi. Va nihoyat, 69 yoshida bu uning oxirgi imkoniyati ekanligini tushunib yetdi. Qarindoshlarining esini kiritib qo‘yishga bo‘lgan harakatlariga parvo qilmadi. Key Los-Anjelesga ketdi va kinoaktyorlar maktabining o‘quvchisiga aylanib, epizodlarda suratga tusha boshladi. Shu bilan birga kastinglarda ishtirok etishni davom ettirdi. U, shuningdek, jang san’atlarini ham o‘rgana boshladi: filippin tayoqlarini mukammal darajada boshqara boshladi va tay-chi’ni o‘zlashtirdi. 

 Кей Д’Арси и ее первая большая роль - Агент-88. / Фото: www.mirkrasoty.life

Natijada, u 79 yoshida serialda bosh rolni qo‘lga kiritdi. Yengilmas va qahrli Agent-88 obrazini ijro qilib, ko‘pchilik tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. 


5. Rut Flauers 68 yoshida klub di-djeyi bo‘ldi.

Рут Флауэрс. / Фото: www.becti.net

U 58 yoshdaligida eridan judo bo‘ladi, so‘ng o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlaydi. Rut talabalarga Charlz Dikkens ijodi haqida gapirib berar va musiqadan dars berardi. Tungi klubda nevarasining tug‘ilgan kunida o‘zini tutishi, xatti-harakatlariga nisbatan qo‘riqchilarning g‘alati nazar solishiga qaramay, yo di-djey bo‘lishi kerakligini, yo o‘ziga bo‘lgan hurmati qolmasligini tushunib yetadi.

Рут Флауэрс. / Фото: www.iledebeaute.ru

Ikki yil davomida “Mami Rok” elektron musiqani o‘rganadi. Kanndagi bazmdan so‘ng, Mami Rok mashhur bo‘lib ketadi. Uni mamlakatning eng yaxshi tungi klublariga tinimsiz chaqirishar, Rut esa gastrollar va o‘zining mashhurligidan zavq olar edi.

Mami Rok 83 yoshida vafot etdi va keksalar nafaqat pirog yopishni, balki ko‘p sonli odamlarni o‘ziga ergashtira olishini butun dunyoga isbotlab ketdi. 


6. Tilma Rivs 80 yoshida o‘z saytini ochdi va pensionerlarni o‘z hayotidan mamnun yashashga o‘rgata boshladi.

 Тельма Ривс. / Фото: www.econet.ru

Tilma Rivs nafaqaga chiqqanda hayot tugaydi, deb hisoblamaydi. Aksincha, hali oldinda ko‘p taassurotlar va yangiliklar bor. U mustaqil ravishda veb-dizaynni o‘rgandi. Sayt yaratdi, bu sayt allaqachon 60 yoshdan oshgan odamlar o‘z hislari bilan almashishi uchun maydonchaga aylandi. 

Bundan tashqari, Tilma dugonasi bilan hammualliflikda “Yangi yetuk yosh” kitobini yozdi. Unda ulug‘ yoshli xonimlar o‘z tengdoshlariga qanday qilib internetni o‘rganishni, o‘zini namoyon qilish uchun qanday qilib yangi imkoniyatlar topish va hozirgi kun bilan yashashni o‘rgatishadi. 


7. Nina Mironova 64 yoshida professional yoga o‘qituvchisiga aylandi.

Нина Миронова. / Фото: proektrazvitie.ru

50 yoshlarida Nina Mironova o‘n kunlik vipasanna bo‘yicha seminarga tushib qoladi va bu uning hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Amaldordan baxtli ayolgacha bo‘lgan murakkab yo‘lda buni boshqalarga o‘rgatishi kerakligini tushunib yetadi. 

Нина Миронова. / Фото: www.anyfad.com

U 64 yoshida barcha kerakli imtihonlarni topshiradi va yogani o‘rgatish bo‘yicha sertifikatga ega bo‘ladi. Nina nafaqat nazariyani mukammal o‘rgandi, balki eng murakkab asana (yoga holati)larni bajarish malakasini ham egalladi. 


8. Lin Sleyter 60 yoshida bloger va modelga aylandi.

Лин Слейтер. / Фото: www.modamacedonia.com

Lin Sleyter sotsiologiya bo‘yicha professor bo‘lib ishlardi. 60 yoshida esa moda va go‘zallik haqida blog yurita boshladi. Nyu-Yorkdagi moda haftaligida fotokamera kadriga tasodifan tushib qoladi va uning surati “Eng yaxshi uslubga ega ayol” nomini olib, juda mashhur bo‘lib ketadi. 

Лин Слейтер. / Фото: www.ofigenno.com

Lin Sleyterni esa moda namoyishlari va fotosessiyalarga taklif qila boshlashdi. Hozir uning blogida 100 mingdan ortiq kuzatuvchi bor. Moda namoyishlarida Linning ishtiroki e’tiborsiz qolmaydi. Model oqargan sochlarini bo‘yamaydi va ajinlaridan qutulishga harakat qilmaydi. Shunga qaramay u betakror go‘zallikka ega. 

 

Teglar