Hind investorlari Namanganda dori zavodi va klinika quradi

  • 14:19 / 02.12.2019
  • 65

Foto: Namangan shahar hokimligi

Namanganga kelgan Hindiston Respublikasining “Uzind Healthcare Private Limited” kompaniyasi endilikda viloyatning ikki tumanida zamonaviy klinka va dori zavodini qurish uchun taklif bildirdi. Bu haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Hindistonlik investorlar rejalariga ko‘ra, 2020-yil martidan klinika aholiga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, xorijiy investorlar rejasiga ko‘ra Kosonsoy-Farm” EIZ’da ikkita alohida loyiha asosida dori-darmon vositalari ishlab chiqaruvchi zavod quriladi. Bitta loyiha to‘lig‘icha Hindiston investitsiyasi evaziga ishga tushirilsa, ikkinchisi mahalliy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.

 

Kosonsoy-Farm” EIZ’da investorlar uchun o‘ta qulay muhit yaratilgan. Bu ham amalga oshiriladigan loyihalarni tezroq hayotga tatbiq etilishiga xizmat qiladi.  Viloyatdagi bemorlar uchun Hind shifokorlarining muntazam qabullarini tashkillashtiriladi.