Hindiston bilan hamkorlikda “Texnologik xab” tashkil etiladi

  • 18:34 / 01.12.2019
  • 259

Foto: xabardor.uz

Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Hindistonning Gujarat shtatidagi “iCreate” (International centre for entrepreneurship and technology) hamda startaplarni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi DevX kompaniyalariga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Nozakat Abduqunduzova Xabardor.uz’ga ma’lum qildi.

Ikki davlat o‘rtasida memorandum imzolandi

Tashrif doirasida O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Hindistonning iCreate (International centre for entrepreneurship and technology) kompaniyasi, shuningdek, DevX kompaniyasi O‘zaro anglashuv memorandumlarini imzoladi.

Hindistonliklar O‘zbekistonda innovatsiyalarni rivoji bilan tanishadi

Hamkorlik doirasida O‘zbekistonda tashkil etilgan startap kompaniyalari Hindistonga o‘z texnologiyalarini transfer qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xuddi shunday hind texnologik startaplari, kichik va o‘rta biznes vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurib, innovatsiyalarni rivoji uchun O‘zbekistondagi mavjud sharoitlar bilan tanishadi.

Hamkorlikda “Texnologik xab”ni tashkil etiladi

Ilg‘or texnologiyalar markazida hindistonlik hamkorlar bilan birgalikda bir qator qo‘shma startap loyihalarini o‘zida birlashtiruvchi “Texnologik xab”ni tashkil etishga kelishildi. “Texnologik xab“ startap loyihalari mualliflari va ijrochilarini, mazkur startap loyihalarning sohalari bo‘yicha mutaxassislarni jamlashga qaratilgan bo‘lib, TexXabda mavzular bo‘yicha ommaviy tadbirlar, ma’ruzalar, seminarlar, konferensiyalar, shuningdek, ilm-fan va innovatsiyalarni targ‘ib qiluvchi tadbirlar o‘tkaziladi.

Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlardagi bunday xablar ta’lim olish va tajriba almashish uchun shunday zo‘r maydonga aylangan. Ular universitetlarda berilgan bilimlarni ishlab chiqarishga joriy qilishga, amalda sinashga yordam beradi. Talabalarni o‘z ishining ustalari bo‘lishiga, mutaxassislarni esa muntazam ravishda o‘z malakalarini oshirishga xizmat qiladi.