Hindiston: Quyosh energiyasida ishlaydigan aeroport 

  • 09:42 / 29.08.2019
  • 230

2015-yilda Hindistonning xalqaro Kochin aeroporti toʻliq qoʻyosh energiyasida faoliyat yuritadigan dunyodagi ilk aeroportga aylandi. Yiliga 10 millionga yaqin yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadigan kochin aeroporti hafta davomida 1000 tagacha reysni qabul qiladi. Bu punktdan dunyoning 30 dan ortiq aviakompaniyalari foydalanadi. Kochin aeroporti Xalqaro trafikning bandligi boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Hududda bir nechta restoran va doʻkonlar boʻlib, ularning hammasi quyosh energiyasida ishlaydi.

кочин индия

Tarixi

Kochidagi ilk havo yo‘llari obyekti 1936-yilda Kochi Qirolligining Britaniya rezidensiyasi tomonidan qurilgan aerodrom va uchish-qoʻnish yoʻlagidan iborat boʻlgan. U portlar qurish bilan shugʻullanuvchi Buyuk Britaniya amaldorlari uchun moʻljallangan edi. Ikkinchi Jahon urushi vaqtida hind floti obyektni harbiy aerodromga aylantirdi. Aeroportga harbiy-dengiz qiruvchilari joylashtirilgan va Yaponiya tomonidan hujumdan himoyalanishga moʻljallangan.

1980-yillarda Fors koʻrfazidagi iqtisodiy rivojlanish Kochida xalqaro aeroprtga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqardi. 

кочин

Konstruksiyasi

1993-yilda aeroport 14 million AQSh dollariga baholangan. Loyihani moliyalashtirish foizsiz zaym asosida, xususan xorijda ishlovchi rezident boʻlmagan hindlar, shuningdek, boshqa sanoat korxonalari, kooperativ jamiyat, eksport qiluvchilar va davlat zaymlaridan amalga oshirilishi kerak edi.

1993-yilning iyulida mazkur loyihani amalga oshirish uchun Kochin xalqaro aeroporti jamiyati yaratildi va roʻyxatga olindi. Kerala shtati bosh vaziri jamiyat raisi etib saylandi. Taxminan 872 ta oila va 2 300 nafar yer egalari yangi obyektni qurish uchun zarur joyni boʻshatish (1213 akr yer) maqsadida koʻchirildi. 1999-yilning 25-mayida aeroport Hindiston prezidenti ishtirokida ochildi, ilk tijoriy xizmat esa o‘z ishini 1999-yilning 10-iyunidan boshladi.

аэропорт кочин

2013-yilda aeroportda sinov loyihasi ishga tushirildi. Unga ko‘ra aeroport ehtiyojlari uchun 400 ta quyosh panellari oʻrnatildi. Loyiha muvaffaqiyatli oʻtgani uchun keyinchalik quyosh elektrostansiyasini qurish uchun 45 akr yer ajratildi va jami 46 mingdan ortiq quyosh panellari oʻrnatildi. 
Obyekt 12 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. U aeroport faoliyatini toʻliq taʼminlaydi, qolgani esa aholi va mamlakat sanoatini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida davlat tarmogʻiga beriladi.

кочин солнечные батареи

2018-yilda Kochin aeroporti BMT tomonidan ekologiya sohasidagi oliy — Champions of the Earth mukofotiga sazovor boʻldi.