Hindistonlik erkak bahslashib 41 ta tuxum yegandan soʻng vafot etdi

  • 16:25 / 07.11.2019
  • 660

Hindistonda 42 yoshli Subhash Yadav doʻsti bilan 50 ta tuxum isteʼmol qilaman deb bahslashdi, ammo 41 ta tuxum yegandan soʻng vafot etdi. Bu haqida Gulf News xabar bermoqda.

Gʻolib garovga qoʻyilgan 2 000 rupiyni olishi kerak edi.

41-tuxumdan keyin erkak toʻsatdan yiqilib hushini yoʻqotgan. Shifokorlarning soʻzlariga koʻra, Yadav oʻnlab tuxumni yeb boʻkib qolish natijasida vafot etgan.

Teglar