Hindistonliklarning innovatsion loyihalari O‘zbekistonda ham joriy etiladi

  • 11:03 / 01.12.2019
  • 212

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Savdo sanoat palatasi raisi Adxam Ikromov hamda boshqa vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat delegatsiya Hindistonning Dehli shahrida qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova Xabardor.uz’ga ma’lum qildi.

2020-yil yanvardan yosh olimlar Hindistonda stajirovka o‘tab keladi

Uchrashuvda 2020-yilning yanvar oyida yurtimizning 20 nafar yosh olimi Hindistonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlarida qisqa muddatli stajirovkalar o‘tashlariga kelishildi. Stajirovkalar Hindistonning Ilm-fan va texnologiyalar vazirligi bilan hamkorligida tashkil etiladi. Mazkur tajriba yosh olimlarning hind ilmiy yutuqlarini o‘rganish, Hindiston ilmiy markazlari va universitetlari laboratoriyalarida tadqiqotlar olib borish hamda kelgusida qo‘shma loyihalarni olib borish uchun zamin yaratishi kutilmoqda.

Hindistonliklarning innovatsion loyihalari O‘zbekistonda ham joriy etiladi

Delegatsiya a’zolari sun’iy intellekt sohasida faoliyat yuritayotgan hindistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashib, ularning innovatsion mahsulotlarini vazirlikning yangi qurilayotgan binosida joriy qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.