Hollivudning eng katta haq oluvchi yulduzlari ma'lum qilindi

  • 11:49 / 02.05.2019
  • 678

Variety nashri Gollivudning 2019 yilda eng katta haq olgan yulduzlari ro‘yxatini tuzdi.

Reytingga ko‘ra, Netflix striming platformasi bilan ishlovchi aktyorlar Sony va Warner Bros. kabi kompaniyalar bilan ishlovchi hamkasblaridan ko‘proq pul toparkanlar. Ro‘yxatga 17 aktyor va aktrisa kiritilgan. 

Daromadning kattaligi bo‘yicha 1-o‘rinni “Dedpul” filmi yulduzi Rayan Reynolds egalladi. U “6 Underground” jangari filmidagi roli uchun Netflix’dan 27 mln dollar olgan.

2-o‘rinni Dueyn “Qoya” Jonson va Robert Dauni egallagan. Ularning ikkisi ham 20 mln dollardan haq olishgan. Jonson “Forsaj: Xobbs va Shou” filmida, Dauni esa “Doktor Dullitl sayohati” filmida suratga tushgan.

Yetakchi beshtalikdan Uill Smitt “Yomon yigitlar 3” filmi uchun 17 mln dollar va Jyeyson Stetxem “Forsaj: Xobbs va Shou” filmi uchun 13 mln dollar gonorar bilan o‘rin egallagan.

Emili Blant 12-13 mln dollarlik, Gal Gadot 10 mln dollarlik va Margo Robbi 9-10 mln dollarlik gonorar bilan eng katta haq oluvchi aktrisalar deb topilgan.

Shuningdek, reytingga Tom Kruz (13 mln dollar), Bred Pitt (10 mln dollar), Leonardo di Kaprio (10 mln dollar), Idris Elba (8 mln dollar), Ben Afflek (8 mln dollar), Kristen Styuart (7 mln dollar), Martin Lourens (6 mln dollar), Xoakin Feniks (4,5 mln dollar) va Jyessika Chesteyn (2,5 mln dollar) kiritilgan.

Nashrning ta'kidlashicha, ba'zi nomdor aktyorlar qiziqarli rol uchun kamroq haq olishga ham rozi bo‘ladilar. Misol uchun, Leonardo Di Kaprio va Bred Pitt Kventin Tarantinoning “Bir kun Gollivudda” filmidagi rollari uchun 10 mln dollar gonorar olishga rozi bo‘lishgan.

Teglar