Homiladorlar iste'mol qilishi mumkin bo‘lmagan 8 mahsulot

  • 12:59 / 02.07.2019
  • 1023

Hatto tuxum va baliq yog‘i ham zarar keltirishi mumkin, deya ta'kidlamoqda Layfxaker. Agar homilador bo‘lsangiz, qahva miqdorini kamaytirish, alkogolni esa umuman istisno qilish kerakligini hamma biladi.

Biroq undan ham ayyor oziq-ovqat mahsulotlari mavjud. Bir qarashda ular aybsiz va hatto foydali bo‘lib ko‘rinadi. Aslida esa kuniga uch marta espresso ichishga qaraganda ona yoki bo‘lajak bolakayga kuchliroq zarar keltirishi mumkin.

Homiladorlik vaqtida voz kechish kerak bo‘lgan mashhur mahsulotlar ro‘yxati quyidagilardan iborat. Hech bo‘lmaganda ularni iste'mol qilishdan avval ikki marta o‘ylab ko‘rish kerak.

Foto: Pixabay

1. Xom tuxumlar

Shuningdek, tarkibida tuxum mavjud bo‘lgan mahsulotlar: gogol-mogol, uyda tayyorlangan mayonez, xom xamir, pashot-tuxumlari, tiramisu.

Xavf nimadan iborat?

Birgina so‘zning o‘zi kifoya: salmonellyoz. Bu o‘tkir ichak infeksiyasi, o‘limga sabab bo‘lmaydi, biroq kuchli diareya va qayt qilish bilan kechadi. Ular esa suvsizlikni keltirib chiqaradi. Bu holat esa yomon: homilada normal qon aylanishi va bachadondagi amniotik namlik darajasiga bog‘liq. Suv yetishmasligi bo‘lajak bola rivojlanishidagi buzilishlar, shuningdek, bola tushish xavfiga aylanishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Agar tuxumdan voz kechishga kuchingiz yetmasa, ular yaxshilab yuvilgan va termik qayta ishlangan bo‘lishiga e'tibor bering. Yaxshilab qaynatilgan tuxum, omlet, pishiriqlar xavfsiz.

2. Xom go‘sht

Shuningdek, steyk, xom dudlangan kolbasalar, yaxshilab qovurilmagan qiyma.

Xavf nimada?

Xom go‘sht parazitlar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Masalan, toksoplazmalar bilan. Ular yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tib, bo‘lajak bolaning rivojlanishida jiddiy buzilishlarni chaqirishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Go‘shtni parazitlardan xalos etish oson – unga yaxshilab termik ishlov bering. Gap dudlangan mahsulotlar haqida borar ekan, to‘rt kun davomida muzlatish xavfni kamaytirishda yordam beradi.

3. Xom baliq

Ayniqsa, soy va yovvoyi okean balig‘i, mollyuska (ustritsa, midiyalar), dudlangan baliqning barcha turlari va sushini ehtiyotkorlik bilan xarid qilish kerak.

Xavf nimada?

Rollni iste'mol qilish natijasida siz duch keladigan holatlar turlicha bo‘lishi mumkin:

go‘sht kabi baliq ham parazitlar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin;

lahm go‘shtda kasallik chaqiruvchi bakteriyalar – masalan, listeriya yoki botulinobakteriyalar uchraydi;

kichik daryolardagi baliq kimyoviy jihatdan ifloslangan suv havzalaridan tutilgan bo‘lishi mumkin – jami zaharli moddalar onaga ham, bolaga ham yetib boradi;

okean balig‘i o‘zida simobni to‘playdi. Bu borada akula, qilich-baliq, qirollik makreli va kafelnik ayniqsa xavfli. Simobli zaharlanish ona va bo‘lajak bola salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi – bu element miyaning zararlanishi va rivojlanishdan ortda qolishni chaqiradi.

Nima qilish kerak?

Pishirilgan baliqlarni iste'mol qilish zarur. Konservalarni yeyishda ham ehtiyot bo‘lish kerak: yaroqlilik muddatiga e'tibor bering va shishgan bankalardagi mahsulotlarni hech qachon iste'mol qilmang.

Foto: Pixabay

4. Yumshoq pishloqlar

oq mog‘orli yumshoq pishloqlar — bri va kamamber;

ko‘k rangdagi mog‘orli pishloqlar - gorgonzola, rokfor.

Xavf nimada?

Namlik yuqori bo‘lgani hisobiga bunday pishloqlar juda ko‘plab bakteriyalar rivojlanishi uchun ideal muhitga aylanadi. Ana o‘sha listeriyalar bo‘lajak bolakay organizmiga tushib, rivojlanishning og‘ir buzilishlari, homila tushishi, o‘lik holda tug‘ilishni yuzaga keltirishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Ideal variant — qattiq pishloq  (chedder, parmezan, stilton va boshqalar) iste'mol qilish: u xavfsiz. Yumshoq pishloqlarni iste'mol qilish mumkin, biroq agar ular pasterizatsiya qilingan sutdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Bu motsarella, feta, rikotta, xalumlar.

5. Jigar

Shuningdek, jigarli pashtet va kolbasa, treska jigaridan olingan baliq moyi ham.

Xavf nimada?

A vitamini juda ko‘p. Uning ko‘p miqdorda bo‘lishi esa homilada tug‘ma defektlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Jigar mahsulotlarini iste'mol qilmang. Ayniqsa, ayrim sabablarga ko‘ra, A vitaminli preparatlarni ichayotgan bo‘lsangiz. Ha, vitamin va bioqo‘shimchalarni o‘zingiz belgilamang – buni faqat shifokoringiz amalga oshirishi mumkin.

6. Pasterizatsiya qilinmagan sut

Shuningdek, ana shunday sutdan tayyorlangan yogurt va muzqaymoq.

Xavf nimada?

Yana o‘sha bakteriyalarning yuqori miqdorda bo‘lishi bilan bog‘liq. Pasterizatsiya qilinmagan sut – termik ishlov berilmagan mahsulot. Shuning uchun bo‘lajak bola uchun o‘ta xavfli listeriyalar uning tarkibida bo‘lishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Faqat pasterizatsiya qilingan sutni ichishga harakat qiling. Agar ayrim sabablarga ko‘ra, faqat xom sut mavjud bo‘lsa, uni iste'mol qilishdan oldin albatta qaynating.

7. Kofeinli mahsulotlar

Bu nafaqat qahva, balki ko‘k choy, shokolad, kola, energetik ichimliklar, shuningdek, shamollash va grippga qarshi ayrim dori vositalari.

Xavf nimada?

Ushbu moddaning yuqori miqdori bola tug‘ilganida vazni kam bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu esa keyinchalik salomatlik bilan bog‘liq muammolar xavfini oshiradi. Ayrim hollarda kofeinli mahsulotlarni iste'mol qilish homila tushishini qo‘zg‘atadi.

Nima qilish kerak?

Kofeindan butunlay voz kechish kerak emas. Kuniga 200 mg dan ko‘p iste'mol qilmaslikning o‘zi kifoya. Chegaradan oshib ketmaslik uchun taxminiy miqdorlarga e'tibor bering:

1 finjon qahva — 100 mg kofein;

1 finjon espresso — 140 mg;

1 finjon choy — 75 mg;

1 banka kola (330 ml) — 40 mg;

1 banka energetik-ichimlik (250 ml) — 80 mg;

50 g qora shokolad —  25 mg gacha;

50 g sutli shokolad — 10 mg gacha.

Yana bir bor e'tibor bering: bu taxminiy raqamlar. Biroq ulardan hisob-kitobda foydalanish mumkin. Masalan, tongda bir finjon espresso, kun o‘rtasida bir banka kola ichsangiz, deyarli 200 mg kofein olgan bo‘lasiz.

Foto: Pixabay

8. Yaxshilab yuvilmagan meva va sabzavotlar

Shuningdek tuproqqa yaqin o‘suvchi rezavor mevalar – qulupnay, smorodina. Agar mahsulotlar tayyorlashdan avval yaxshilab yuvilganini bilmasangiz, yangi siqilgan meva sharbatlari ham savol ostida.

Xavf nimada?

Toksoplazmoz va botulizmni chaqiruvchi bakteriyalar tuproqda yashaydi. Yerdan olingan olma yoki yaxshilab yuvilmagan sabzida ular bo‘lishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Homiladorlik vaqtida sabzavot va mevalardan voz kechish kerak emas: bu muvozanatlashgan sog‘lom ratsionning bir qismi. Biroq ularning tozaligini ko‘zdan kechirish zarur. Nafaqat ona, ehtimol balki bo‘lajak bolaning sog‘lig‘i ham shunga bog‘liq.

Teglar