Hordiq kunlari dam olishga ulgurish mumkinmi?

  • 22:14 / 09.06.2019
  • 194

Tushgacha uxlash yordam bermasligi aniq, biroq ishga oid chatlarni o‘chirib qo‘yish samara berishi tayin, deya ta'kidlamoqda Layfxaker.

Foto: Layfxaker

Dam olish kunlarini oldindan rejalashtiring

Bu juda ezma bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Biroq rejasiz dam olish kunlari qanday o‘tishini bir eslang. Karavotda ancha vaqtgacha qolib ketasiz, qayerga borish haqida o‘ylab, asta-sekin kiyinasiz. Internet sahifalarini ko‘zdan kechirasiz, u yerdan biror variantni topishga umid qilasiz. Oxir-oqibat, uydan  kech va asabiy holda chiqasiz. Chunki dam olish kunining ko‘p qismi bekorga o‘tib ketdi.

Ana shu hol yuz bermasligi uchun dushanba kuni dam olish kunlari haqida o‘ylashni boshlang. Birinchidan, bu yoqimli, chunki kutish hissi insonga xursandchilik beradi. Ikkinchidan, qayerga borish haqida o‘ylab ko‘rish, uni do‘stlar bilan kelishishga ham ulgurasiz. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlardagi lentadan qiziqarli tadbirlar haqidagi ma'lumotlarni yozib borasiz. Shanba kuni bu haqida bosh qotirishga to‘g‘ri kelmaydi.

Perfeksionizmni ish kunlariga qoldiring

Rejalashtirish – muvaffaqiyat kaliti ekaniga oydinlik kiritdik. Biroq «qattiq» jadval tuzish kerak emas. Biror narsa kutganingizdek bo‘lmasa va bu hordiqni chippakka chiqarsa, jahlingiz chiqadi. Reja konstruktor kabi bo‘lgan ma'qul: agar biror joyga bora olmagan bo‘lsangiz, uni boshqasiga almashtirish qulay. Kutilmagan holatlar yuz beradi, ular dam olish kunlarini buzmasligi lozim.

Shunday ekan, kutishlar ko‘rsatkichini o‘ta yuqori belgilamang va o‘zingizga xotirjam bo‘lish imkoniyatini bering. Oxir-oqibat, dam olish kunlari aynan shunga atalgan.

O‘z-o‘zingizga samarasiz bo‘lishga ruxsat bering

Bolalikdan bizga eng yaxshi hordiq – faollikni o‘zgartirish ekanini uqtirishadi. Shanba kuni karavotda kuchsiz yotamiz va dangasalik uchun o‘z-o‘zimizni koyiymiz. Keyin esa serial tomosha qilamiz va buning o‘rniga biror foydali ish bilan shug‘ullanmaganimiz uchun yana jahlimiz chiqadi. Bunday qilishni bas qiling. Sizga chindan ham xursandchilik keltiradigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullaning.

Dam olish kunlarini o‘tkazganingizga qarab,  sizga hech kim baho qo‘ymaydi. Shunday ekan, mazza qilib dam oling.

Marshrutlarni o‘ylab qo‘ying

Realist bo‘ling: dam olish kunlari tirbandliklar butunlay yo‘qolmaydi. Biroz kamayishi mumkin.

Marshrutlar va faoliyatingizni shunday rejalashtiringki, A punktdan B punktga yetib borish qulay bo‘lsin. Iloji boricha bir-biriga yaqin joylashgan dam olish maskanlarini tanlang.

Uy ishlarini ish kunlari bajaring

Uy ishlarini bir necha daqiqalarda bajarish uchun uni chorshanba yoki payshanba kuniga ko‘chiring. Har kuni oz-ozdan bo‘lsa-da, uyni tartibga keltirishga harakat qiling.

Ishlarni dushanba kuniga qoldiring

Odamlar dam olish kunlari noutbuk yonida o‘tirish va hamkasblar bilan messenjerlarda yozishish uchun sakkiz soatlik ish kuni va besh kunlik ish haftasi uchun kurashishgan deb o‘ylaysizmi?

Ofis ostonasidan chiqqach ish haqida unutadigan baxtli kishilar bor. Biroq hamma ham bunday qila olmaydi. Masalan, rahbarning miyasida shanba kuni kechki payt ajoyib g‘oya paydo bo‘ladi. Vazifani yakshanba kuni bajarishingizni istaydi. Qarabsizki, yakshanba kunini ishni qanday qilib yaxshiroq bajarish haqidagi fikrlarga sarflaysiz.

Texnologiyalar doimo aloqada bo‘lish imkonini beradi, biroq nafaqat siz, balki muammo tug‘diradiganlar uchun ham qulay. Shuning uchun dam olish kunlari xavotirli, biroq tezkor bo‘lmagan axborot kelib tushadigan aloqa kanallarini bloklashga harakat qiling. Aks holda sifatli hordiq ololmaysiz.

Rejimga amal qiling

Dam olish kunlari ish haftasidagi uyqu yetishmovchiligining o‘rnini bosish uchun a'lo darajadagi imkoniyat bo‘lib ko‘rinadi. Biroq budilnikdan foydalangan ma'qul. Juda uzoq davom etgan uyqu bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holatda esa hayotdan mamnun bo‘lish mushkul. Shunday ekan, har doimgidan biroz ko‘proq uyqu yetarli. Bundan tashqari, erta uyg‘onish orqali ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar uchun vaqt ajratish mumkin.

Dam olish kunlarini faol tarzda o‘tkazing

Haqiqatning ko‘ziga tik boqamiz: agar faoliyatingiz ofisda o‘tirish bilan kechsa, turmush tarzingizni faol deb bo‘lmaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti haftasiga 150 daqiqa badantarbiya bilan shug‘ullanishni tavsiya qiladi. Bu sog‘liqni saqlashda yordam beradi.

Bundan tashqari, sport mashqlari, jumladan, odatiy yurish xursandchilik gormoni – endorfin ajratilishini qo‘zg‘atadi. Shunday ekan, dam olish kunlarini bunday o‘tkazish usuli nafaqat foydali, balki yoqimli hamdir. Yana u bariga ulgurishda yordam beradi. Chunki sizni tez va qat'iyat bilan harakat qilishga sozlaydi.

Tonggi odatlarni o‘ylab toping

Dam olish kunlarining o‘ziga xos belgilari bo‘lgani ma'qul. O‘ziga xos nonushta, yoga mashqlari, bog‘ga sayrga chiqish ana shunday belgilardan bo‘lishi mumkin.

Dam olish kuni haqida o‘ylang

Yakshanba kuni kechki paytni dam olish vaqti deb atash mushkul. Kimlarningdir xayoli ish bilan band, ayrimlar esa yaqinlashayotgan dushanba kuni sabab xavotirlanishni boshlaydilar. Bu kechani biror yoqimli va chalg‘ituvchi mashg‘ulotlarga bag‘ishlang. Do‘stlar bilan uchrashing, kino yoki teatrga boring. Biroq juda kech qaytmang.

O‘ylaymizki, ushbu maslahatlar dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishda yordam beradi.

Teglar