Hordiq uchun eng ekologik musaffo mehmonxonalar

  • 14:49 / 09.05.2019
  • 415

Bugun ekologik jihatdan dunyodagi eng toza mehmonxonalari haqida hikoya qilamiz. Ehtimol, kun kelib aynan shu joylarda dam olishga qaror qilarsiz.

Four Seasons Resort Costa Rica

Bu mehmonxona Papagayo yarim orolida joylashgan. Uning mehmonlari bu yerda kamida ikki hafta davomida hordiq chiqarishadi. Mazkur muddat ichida suv va yer olami, shuningdek, ulardagi jonzotlar hayotiga to‘liq sho‘ng‘iydilar. Bu yerdagi ekskursiyalardan biri havoda bo‘ladi.

Sayyohlar xususiy samolyotlarda kanallar tizimi ustidan uchib o‘tadilar. Yaxtadagi dengiz ekskursiyasi esa akulalar hayotini kuzatish imkonini beradi. Albatta, mashhur tabiat qo‘riqchisi – Daniel Yanzen bilan jungliga tashrif buyurish ham bor.

Carillon Miami Wellness Resort

Mehmonxona Mayami-Bich shimolida joylashgan. U o‘rmon kezishni yoqtirganlar ko‘nglidan joy egallashi aniq. Bundan tashqari, teringizni mayin, namlangan ko‘rinishga keltiradigan SPA-taomillariga ham borishingiz mumkin. Xizmatlar uchun sarflangan har 25 dollar argan o‘rmonlarini tiklashga sarflanadi.

Bardessono Hotel and Spa

Bu mehmonxona eng ekologik nomiga mos. Uning binosi yog‘ochdan qurilgan, elektr quvvatini esa quyosh batareyalaridan oladi. Har bir mehmon sharafiga mehmonxona ma’muriyati yangi daraxt ekadi.

Mehmonxona restoranida faqat organik mahsulotlardan foydalaniladi. Bardessono Yantvill shtati (AQSh)da joylashgan.

Edgewood Tahoe

Mehmonxona Nevada va Kaliforniya shtatlari chegarasida, Taxo ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan.

Qurilish jarayonida ikkinchi qayta ishlovdan o‘tgan mahsulotlardan foydalanilgan. Edgewood’dagi dam olish onlari golf va baliq tutish ishqibozlari yodida bir umrga saqlanadi. Qishda ko‘lda konkida uchish mumkin.

Sundance Mountain Resort

Mehmonxona Yuta shahridagi Uosatch tog‘i ostida joylashgan. Bu yerda eng zamonaviy eko-texnologiyalardan foydalanilgan. Mehmonxonadagi suv tog‘dagi manbadan kelib tushadi. Majmua hududida shishadan buyumlar tayyorlanadigan pechka bor. Unda sharob butilkalari va mehmonxona belgisi tushirilgan boshqa suvenir mahsulotlari yasaladi.

Teglar