Hozirda eng urf bo‘lgan planshetlar beshtaligi

  • 05:17 / 01.12.2016
  • 11255

Gadjetlar allaqachon inson uslubining bir qismiga aylandi. Moda ketidan quvadigan kishilar o‘z uslubiga mos yangi planshet yoki smartfonlar sotib olishdan to‘xtashmaydi. Biroq chiroyli korpus gadjetning yaxshi ishlashidan dalolat bermaydi. Kuz oyining eng zo‘r planshetlari deb e'tirof etilayotgan quyidagi planshetlar nafaqat o‘zining qoyilmaqom dizayni, balki samarali ishlashi bilan ham hayratga soladi.

 

Huawei MateBook

Informatsion texnologiya borasida jahon yetakchisi joriy yilda juda ko‘p innovatsion yangiliklar taqdim etdi. Mustahkam metall korpusli Huawei MateBook planshet kompyuteri zamon bilan hamnafaslarning ajoyib obraziga ko‘rk qo‘shadi. Ajoyib dizayn ortida Intel® Core™ protsessori va Windows 10 operatsion tizimi mavjud. Planshetda 12 dyuym dioganalga ega Full HD ekran bor. Qulay -klaviatura planshetdan kompyuter kabi foydalanishga yordam beradi. Qurilma 4430 mA*c sig‘imli akkumulyator tufayli barcha ommalashgan biznes-vazifalarni bajara oladi. Bu esa 10 soat davomida aralash rejimda ishlash, 9 soatgacha video tomosha qilish yoki 29 soat musiqa tinglash imkonini beradi.

 

Samsung Galaxy View

Ko‘p funksiyali Note 7 bilan sodir bo‘lgan barcha baxsiz hodisalarga qaramay, Samsung brendining planshetlari bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotish niyatida emas. Masalan, Galaxy View hamon yetakchilikni ushlab qolmoqda va odamlarni diagonali 18,4 dyuymli eng katta Full HD ekran bilan lol qoldirmoqda. Bu deyarli 1.6 gGs chastotali 8 yadroviy protsessoriga ega portativ televizor degani. Ikki yoqlama tirgak katta o‘lchamli bu qurilmani ishlatishda yaxshi as qatadi. U tufayli foydalanuvchi istalgan holatda o‘ziga qulay tarzda film va ko‘rsatuvlar tomosha qilishi mumkin.

 

Apple iPad Pro 9.7

Ishlab chiqaruvchilar qayd etishicha, iPad Pro o‘z samaradorligi bilan ko‘plab portativ kompyuterlardan o‘zib ketadi. Bu so‘zga boshqa raqiblar qarshi chiqishi tabiiy. Biroq uning munosib xususiyatlarini inkor etib bo‘lmaydi. Retina displey – yaxshiroq tasvirni, chaqqon A9X protsessori esa ilg‘or samaradorlikni ta'minlab beradi. Apple planshetlari orasida mazkur gadjet so‘zsiz, birinchi o‘rinda turadi. Ko‘rkam dizayni haqida ortiqcha bahoga ham hojat yo‘q.

 

Microsoft Surface Pro 4

Surface Pro 4 planshetining boshlang‘ich to‘plami Intel® Core™ m3 protsessori bilan ishlaydi, uning kuchi deyarli barcha kundalik vazifalarni amalga oshirishga yetadi. 128 GB iki va 4 GB operativ xotira oddiy hamda professional dasturlarda ham qulay ishlashni ta'minlab beradi. Belgili burchak va po‘lat qoplamali dizaynga ega bu planshet betakror uslub ishqibozlariga yoqib tushadi. Gadjet to‘plamida qulay stilus ham mavjud, biroq klaviaturani alohida sotib olishga to‘g‘ri keladi.

 

Lenovo IdeaPad Miix 700

Kuzning eng zamonaviy va urfga aylangan planshetlari beshligini Lenovo kompaniyasining IdeaPad Miix 700 qurilmasi yopib beradi. Planshet to‘plamida stilus va alohida klaviatura mavjud bo‘lib, undan displeyning himoya vositasi sifatida ham foydalanish mumkin. Korpus hashamdor tillarang va jiddiy qora ranglarda ishlab chiqarilgan. Har ikki variant ham juda chiroyli ko‘rinishga ega. Bu planshet ham boshqa ko‘plab qurilmalar kabi Intel® Core™ m3 protsessori asosida ishlaydi. Akkumulyator to‘qqiz soatgacha avtonom ishni ta'minlab beradi. Bu esa kundalik biznes-vazifalarni to‘liq ijro etishga yetadi.

Teglar