Huawei shaxsiy operatsion tizimini namoyish etdi

  • 18:12 / 09.08.2019
  • 275

Xitoyning Huawei kompaniyasi Harmony OS smartfonlari uchun alohida operatsion tizim yaratdi. Taqdimot Huawei Developer Conference - 2019 doirasida bo‘lib o‘tdi.

Harmony OS kengaytirilgan xavfsizlik xususiyatlariga ega bo‘lgan mikroyadro asosida ishlaydi. Operatsion tizim telefon, kompyuter va aqilli uy moslamalarni sinxronlashtirish imkoniyatiga ega.

Taqdimotda ta'kidlanganidek, Harmony OS avvalgi androidlarni takrorlamaydi. Kompaniya mazkur operatsion tizim "insonlar hayot tarzini yanada qulaylashtirib, butun dunyoni uyg‘unlashtirish"iga umid qilayotganini aytgan.

Tizimni ochishda maxsus uch qatlamli (yadro, xizmat platformasi va dasturiy ta'minot) koddan foydalaniladi.

Tizimning arxitekturasi barcha qurilmalarda uzluksiz ishlashni ta'minlashga imkon berishiga kompaniya ishonch bildirmoqda.

Taqdimotda, shuningdek, Harmony OS 1.0 aqlli soatlar va aqlli ekranlarda ishlatilishi ta'kidlandi. Uch yil davomida tizim optimallashtirildi va u boshqa qurilmalarda ham qo‘llanilishi rejalashtirilgan.