Humo Arena ochilishida Shavkat Mirziyoyev va xokkey yulduzlari ishtirok etadi

  • 10:34 / 04.03.2019
  • 2787

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Humo Arena muz saroyining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Shuningdek, xokkey va figurali uchish bo‘yicha jahon yulduzlarining tashrif buyurishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Xokkey federatsiyasidan Kun.uz’ga aniqlik kiritishlaricha, jahon chempioni va Olimpiya o‘yinlari sovrindori Pavel Bure, shuningdek, olimpiya chempioni va uch karra jahon chempioni Valeriy Kamenskiyning kelishi kutilyapti.

Bundan tashqari, taklif etilgan mehmonlar orasida mamlakat hukumati va parlamenti a'zolari, viloyatlar rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari, ilm-fan va madaniyat xodimlari, O‘zbekistonning mashhur sportchilari, paralimpiyachilar, diplomatik korpuslar, bolalar sporti maktablari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bor.

Ochilish marosimining asosiy g‘oyasi - sportning muz ustidagi turlari go‘zalligi va o‘z me'morchiligi hamda ko‘p funksiyaga ega ekani bilan noyob bo‘lgan muz saroyi sinergiyasi.

Eslatib o‘tamiz, Humo Arena ko‘p funksiyali muz saroyining qurilishi 2017 yil fevral oyida boshlangan. Asosiy maydon 12,5 ming kishini sig‘diradi va xokkey uchrashuvlari uchun foydalaniladi. Zal o‘tkaziladigan sport tadbiriga qarab o‘rindiqlar joylashuvini o‘zgartira oladi. Asosiy maydonda basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo, short-trek, figurali uchish va kyorling bo‘yicha o‘yinlar o‘tkazilishi mumkin, shuningdek, konsertlar tashkillashtirish imkoni mavjud. Konsert zali shaklidagi sig‘im - 10 ming tomoshabin. 

Teglar