Humo Arenada bo‘lib o‘tadigan janglarning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi

  • 10:45 / 02.04.2021
  • 70

2021-yil 3-aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida 8 nafar o‘zbekistonlik bokschining raqiblari ma’lum bo‘ldi. 

12 raundlik markaziy jang Murodjon Ahmadaliyev va yaponiyalik Ryosuke Ivasa o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ular Ikkinchi yarim yengil vazn toifasida WBA va IBF chempionlik kamarlari uchun jang olib borishadi. 

O‘zining professional boksdagi debyut jangini Iqboljon Xoldorov Tanzaniyalik Kluva Bushiriga qarshi o‘tkazadi.

Fevral oyining oxirida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov jangga qadar to‘liq tayyor bo‘la olmasligi sababli uning o‘tkazilishi kutilgan jangi bekor qilindi. Shu tariqa Humo Arenada 8ta boks jangi tashkil qilinadigan bo‘ldi.