Huquq-tartibot organlari xodimlari va oila a’zolarining shaxsiy hayoti haqida ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanadi

  • 12:20 / 05.04.2021
  • 47

 

Prezident farmoniga ko‘ra, tegishli vazirlik va idoralar bu to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari loyihalarini 2021-yil 20-iyunga qadar ishlab chiqishlari kerak. 

Shuningdek, xizmat vazifasini bajarayotgan huquq-tartibot organlari xodimlarini kamsitish, sog‘lig‘iga shikast yetkazish, qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik va faol qarshilik ko‘rsatganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytiriladi.

Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini davlat tomonidan ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning yagona huquqiy asosi va aniq mexanizmlari yaratiladi.