“Hyundai Motor Uz Namangan” korxonasining qurilish ishlari keyingi oydan boshlanishi aytildi

  • 10:49 / 20.03.2020
  • 183

Joriy yilning 19-mart kuni Namangan viloyati hokimligida “Hyundai Motor Uz Namangan” korxonasi rahbari Kim Yung Chol bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Bo‘lib  o‘tgan uchrashuvda Namangan EIZning To‘raqo‘rg‘on tumani hududida barpo etiladigan “Hyundai” tijorat avtomobillari ishlab chiqarish zavodi loyihasini amalga oshirilish borasida qilinayotgan ishlar xususida so‘z bordi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.


Loyihani amalga oshirilishi borasida oxirgi bosqichga kelinganini ma’lum qilgan Kim Yung Chol, zavodning qurilish ishlari keyingi oyga boshlanishi rejalashtirilayotganini qayd etdi.