Apple kompaniaysi mana uchinchi yildirki ketma-ket uch xil yangi smartfonni taqdim qilmoqda. Bu safar ham uchta smartfon namoyish etiladi va barcha modellar bir vaqtning o‘zida sotuvga chiqadi.
Apple iPhone 11 smartfonini 20-sentabrdan sotuvga qo‘yishni rejalashtirgan, deb yozadi AppleInsider portali.
Ertaga, 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan taqdimotdan 10 kun o‘tgach yangi iPhone sotuvga chiqariladi. Smartfonlarni taqdimotdan 3 kun o‘tib buyurtma qilish imkoni bo‘ladi.