iPhone 12’ning to‘rtta yangi modeli narxi ma’lum bo‘ldi!

  • 17:04 / 02.05.2020
  • 799

Yangi iPhone SE’ning namoyishi sanasini to‘g‘ri xabar qilgan texnik tahlilchi Jon Prosser bu safar iPhone 12 barcha to‘rt modelining narxlarini e’lon qildi. Agar uning ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, yangi mahsulotlar nisbatan arzon narxlarda chiqarilgan.

1. 5.4 iPhone 12 D52G
OLED/5G
2 ta kamera
649 dollar – 6 million 574 ming so‘m.

2. 6.1 iPhone 12 D53G
OLED/5G
2 ta kamera 
749 dollar – 7 million 587 ming so‘m.

3. 6.1 iPhone 12 Pro D53P
OLED/5G
3 ta kamera + LiDAR
999 dollar – 10 million 120 ming so‘m.

4. 6.7 iPhone 12 Pro Max D54P
OLED/5G
3 ta kamera + LiDAR
1,099 dollar – 11 million 133 ming so‘m.

Shuningdek, Jon Prosser barcha to‘rt smartfon OLED displeyini olishi va 5G tizimida ishlashini, Pro versiyalari esa LiDAR skaneriga ega ekanligini tasdiqladi. Tahlilchi biroz avvalroq mobil telefon korpusining alyuminiy va po‘latdan yasalgani, shuningdek, iPhone 12’ning qirralari haqida gapirib o‘tgandi.

Smartfonlarni e’lon qilish vaqtiga kelsak, bu yerda ma’lumotlar bir-biridan farqlanadi. The Wall Street Journal nashri ma’lumotlariga ko‘ra, iPhone 12 liniyasining taqdimoti kamida bir oyga – joriy yilning oktabrigacha qoldiriladi.