iPhone yoki iPad parolini unutib qo‘yganlar uchun juda kerakli ma’lumot 

  • 16:45 / 19.09.2019
  • 912

Ustaga murojaat qilmasdan muammoni hal qilishning ikki yo‘li bor.

1-usul: iCloud orqali tiklash.

iPhone забыл пароль

Agar qurilmangizda “iPhoneni topish” (Найти iPhone) funksiyasi yoqilgan bo‘lsa, masofadan turib qurilmani o‘chirib, saqlangan nusxa orqali uni qayta tiklash mumkin.

1. iCloud.comga kiring.

2. Apple ID va parolingiz yordamida tizimga kiring.

3. “iPhone’ni topish” (Найти iPhone)ni bosing.

4. Ekranda xarita paydo bo‘lib, unda iPhone’ning joylashgan joyi ko‘rsatiladi.

Что делать, если вы забыли пароль от iPhone или iPad

5. Ushbu nuqtani bosing va paydo bo‘lgan oynadan “iPhone’ni o‘chirish”ni tanlang.

Shunda qurilmangiz ishlab chiqarilgandagi dastlabki sozlamalarga qaytadi. Ma’lumotlarni esa iCloud yoki iTunes orqali tiklashingiz mumkin bo‘ladi.

2-usul: iTunes orqali qayta o‘rnatish.

Что делать, если вы забыли пароль от iPhone или iPad

Agar qurilmangizda “iPhoneni topish” (Найти iPhone) funksiyasi yo‘q bo‘lsa, unda telefoningizda qayta tiklash funksiyasi bor yoki yo‘qligini tekshirib oling. Buning uchun:
iPhone X yoki undan keyingi versiyalar iPhone 8 va iPhone 8 Plus bo‘lsa o‘chirish slayderi paydo bo‘lguncha yon tugmacha va ovoz balandlatadigan tugmalardan birini bosib turing. O‘chirish tugmasi chiqqach uni bosing. Yon tugmani bosing, uni ushlab turgancha kompyuterga ulaning. Qayta tiklash rejimi oynasini ko‘rmaguningizcha tugmani qo‘yib yubormang.

iPhone 7, iPhone 7 Plus va iPod touch 7 qurilmalari uchun: qurilmani o‘chiring. Ovozni pasaytirish tugmachasini bosib, uni ushlab turgancha kompyuterga ulaning. Qayta tiklash rejimi oynasini ko‘rmaguningizcha tugmani qo‘yib yubormang.

iPhone 6s yoki undan oldin chiqqan iPod touch 6 apparatlari uchun: qurilmani o‘chiring. Telefonni kompyuterga ulagan holatda apparat ekranining quyi qismida joylashgan tugmani qayta tiklash rejimi oynasi ko‘rinmagunicha ushlab turing. 

Shundan so‘ng, iTunes’ni oching. Dastur qurilmada muammo yuzaga kelganligini aytadi va uni yangilash yoki tiklashni taklif qiladi. Barcha ma’lumotlar va sozlamalarni o‘chirish uchun “Qayta tiklash”ni bosing.

iPhone забыл пароль

Ana shunda ma’lumotlar qayta tiklanadi. Agarda qurilmadagi ma’lumotlar unchalik zarur bo‘lmasa, hamma narsani o‘chirib tashlab, telefoningizni butunlay yangi holatga tiklab olishingiz mumkin. Yuqoridagi amallar bajarilgandagina telefonni yana ishlatish imkoniyati paydo bo‘ladi.