Ifloslangan havo miyaga qanday taʼsir koʻrsatadi?

  • 09:17 / 10.08.2019
  • 193

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining bergan maʼlumotlariga koʻra, atrof-muhitning ifloslanishi har yili 4 millionldan ortiq kishining bevaqt oʻlimiga sabab boʻlmoqda. Ahamiyatsiz va odatiy (ayniqsa megapolislar uchun) chiqindi gazlar, changning mikroskopik qismlari va boshqa shubhali ifloslantiruvchi moddalar salomatligimizga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Biroq ularning bosh miyaga taʼsiri qanday? Yaqinda Merilenda universitetining bir guruh olimlari ana shu holatga oydinlik kiritishga muvaffaq boʻldi.

Nima uchun ifloslangan havo miyaga taʼsir qiladi?

Ifloslangan havoning tarkibiy qismi diametri 2,5 mikrometrdan oshmaydigan qismlar aralashmasidan iborat. Oʻpkaga tushganida bu qismlar oʻsha yerda oʻrnashadi, biroq ular shu darajada kichkinaki, qon aylanishi tizimiga singishi va tomirlar tizimining rivojlangani sari organ va toʻqimalarga tarqab borishi mumkin. Odatda organizmning deyarli barcha hujayralari doimiy ravishda yangilanadi, shuning uchun koʻplab organlarga taʼsiri muayyan darajada yoʻqoladi.

Ifloslangan havodan nafas olishingiz bilanoq oʻzingizni xavfga qoʻyasiz, - deydi tadqiqot mualliflaridan biri doktor Devon Peyn-Sterjesyu. Ifloslantiruvchi qismlar gematoensefalik toʻsiqdan (nashr izohi –bakteriyalar va zaharli moddalar miyaga tushishiga yoʻl qoʻymaydigan toʻsiq) erkin oʻtish uchun yetarli darajada kichkina. Bundan tashqari, burun orqali nafas olganda mayda qismlar burun yuzasidagi nafas olish asab tolalari orqali miyaga yetib borishi mumkin.

Biroq miyada “ifloslanishdan tozalash” tizimi mavjud. Asab tizimining mazkur immun hujayralari mikrogliya deb ataladi. Mikrogliya hujayralari zararli qismlarni oʻziga yutib, ularni shu tarzda “kuchsizlantiradi”. Biroq mikrogliya barcha qismlarni yoʻq qila olmaydi. Vaqt  oʻtishi bilan ular bosh miyada toʻplanadi. Keyinchalik bu qismlar yalligʻlanishni keltirib chiqarishi mumkin, u esa miya faoliyatining jiddiy buzulishlariga olib keladi. Bolalikdayoq  ifloslangan havoning taʼsirida boʻlganimiz uchun mazkur jarayonning ayrim holatlari hatto kichik yoshdagi bolalarda ham qayd etilishi mumkin.                                                              
Ifloslangan havo bolalarga qanday taʼsir qiladi?

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot natijasida havosi ifloslangan hududlarda yashaydigan bolalar salomatligida xavotirli buzilish belgilari koʻproq kuzatilgan. Bundan tashqari, bunday bolalarda miyaning hissiy holatiga javob beradigan sohasidagi mio-inozitol moddasining miqdori yuqori boʻlgan. Normada bu modda organizmda kichik miqdorda boʻladi, ayrim mutaxassislar uning miqdori yuqori boʻlishini xavotirli buzilishlarning rivojlanishi va aqliy funksiyalar buzilishi bilan bogʻlashadi.