Ifloslangan havoga qarshi tibbiy niqoblar yordam beradimi? 

  • 12:48 / 24.11.2019
  • 490

Ayrim Osiyo davlatlarida odamlar ifloslangan havodan o‘zlarini himoya qilish uchun tibbiy niqob taqishadi. Aslida ular qanchalik yordam beradi?

“Rambler” nashrining xabar berishicha, tibbiy niqob changning katta zarralari hamda qumni ushlab qolishi mumkin. Biroq, o‘pka, arteriya va venalarga xavfli bo‘lgan 2,5 mikron hajmdan kichik bo‘lgan chang va g‘uborlarga “kuchi yetmaydi”.
     
Tibbiy niqobning samaradorligini baholashda zarralarning hajmi va manbalari, yuzning shakli va niqob turi kabi omillar hisobga olinishi kerak. Mutaxassislar Pekin, Shanxay va AQSh shaharlarida niqob taqish qay darajada samara berishini tadqiq qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, havo ifloslanganda niqob taqmaydiganlarga qaraganda doimiy ravishda niqobdan foydalanuvchilarning qon bosimi pastroq, yurak urish chastotasi balandroq bo‘lar ekan. Bu esa kislorod yetishmovchiligiga olib kelishi ma’lum.
 
Massachusets universiteti professori Amxerste Richard ham bu yo‘nalishda o‘tkazgan tadqiqotlaridan keyin, havo ifloslanganda matodan tayyorlangan tibbiy niqoblardan foydalanishning samaradorligi juda kam ekanligini tasdiqlaydi. 

Havoning ifloslanishidan himoyalanish uchun nimalardandir foydalanish emas, balki ommaviy ravishda havo ifloslanishini bartaraf qilish choralarini ko‘rish lozim, deb yozadi “Rambler.ru” nashri.