IIV: “Qasddan odam o‘ldirish qariyb 50 foizga kamaydi”

  • 09:24 / 22.11.2019
  • 81

Foto: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida “Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi islohotlar hamda “Xavfsiz shahar” konsyepsiyasining mohiyati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yilda jinoyatchilikka qarshi kurashish tadbirlari natijasida respublika miqyosida qasddan odam o‘ldirish 46,9 foizga kamaygani aytildi. 

Unda Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi mutasaddilari joriy yilning 10 oyi mobaynida respublika hududida 58 mln. 61 942 nafar fuqaro ishtirokida 97 ming 727 marotaba ommaviy tadbirlar o‘tkazilganini ma’lum qildi. 

“Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida respublika miqyosida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar 31 foizga kamaygan. Ya’ni o‘tgan yilning shu davrida 2293 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, joriy yilning mos davrida, bu 1582 tani tashkil etdi”, dedi  IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Davron Ziyomatov.