Ijarada o‘ynayotgan Inter hujumchisi parijliklar ixtiyoriga o‘tdi

  • 17:46 / 31.05.2020
  • 83

Italiya futbol klubi “Inter” hujumchisi Mauro Ikardi fransuz jamoasi Parij Sen-Jermen (PSJ)ning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Bu haqida “PSJ” klubi rahbariyati Twitter’dagi sahifasida e’lon qildi.
Parijliklar futbolchi bilan 2024-yilning 30-iyuniga qadar kelishuvga erishgan.

Sky Italia ma’lumotlariga ko‘ra, klub 27 yoshli argentinalik hujumchi uchun 50 mln. yevro to‘laydi. Shuningdek, ko‘k-qoralar ijara asosida o‘ynab kelgan futbolchi uchun bonus sifatida yana 7 mln. yevro olishadi.

Ikardi 2019-2020-mavsumda ijara asosida 31 marta “PSJ” safida maydonga tushgan. Uning hisobida 20 ta gol va 4 golli uzatma mavjud.