Ijobiy odatlarni shakllantirishda dominoning ta'siri qanday?

  • 07:03 / 26.11.2018
  • 3513

Hatto ahamiyatsiz foydali odat ham boshqa ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi. Bundan o‘z maqsadlaringiz yo‘lida foydalanib, hayotingizni domino ta'siri yordamida o‘zgartiring.

Domino ta'siriga ko‘ra, bir qator qilib tizilgan domino donalari yiqilishida bo‘lgani kabi har bir o‘zgarish ana shunday boshqa o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

Foto: Pixabay

2012 yilda Shimoliy-G‘arb universiteti olimlari tajriba jarayonida “o‘tirish” tarziga kamroq vaqt sarflagan kishilar kamroq yog‘ iste'mol qilishini sezishgan. Tajriba ishtirokchilaridan kamroq yog‘ yeyishni ataylab so‘rashmagan, biroq ularning ovqatlanishi tabiiy ravishda yaxshilangan. Ular televizor oldida o‘tirib, o‘ylamasdan ovqatlanishga kamroq vaqt sarflashdi. Bir odat boshqa odatga sabab bo‘ldi. Bu xuddi dominoning bir donasi keyingisini yiqitadigan ta'sirga o‘xshaydi.

Bunday qonuniyatlarni shaxsiy hayotingizda ham sezishingiz mumkin. Misol keltiraman: agar sport zaliga borishga amal qilsangiz, ishga diqqatni jamlash osonlashgani va tunda xotirjam uxlashingizni sezasiz.

Domino ta'siri salbiy odatlar uchun ham ishlaydi. Telefonni doimiy ravishda tekshirish odati, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni ko‘zdan kechirish, oqibatda 20 daqiqani bekorga o‘tkazishga olib keladi.

Odatlarimiz bir-biriga bog‘liq. Shuning uchun birini o‘zgartirsangiz, qolganlari ham o‘zgaradi.

Bi Djyey Fogg (BJ Fogg), Stenford universiteti professori

Domino ta'sirining boshqa tomoni

Domino ta'siri ikki sabab tufayli yuzaga keladi:

Kundalik hayotimizni tashkil qiladigan ko‘plab odat va ishlar bir-biri bilan bog‘liq. Bir sohadagi tanlov rejalaringizdan qat'iy nazar boshqa sohalardagi kutilmagan natijalarga sabab bo‘ladi.

Domino ta'siri odam xulq-atvoridagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: moyillik va doimiylik.

Domino ta'siri qoidasi

O‘zingiz domino ta'sirini ishga tushirishingiz mumkin. Buning uchun uchta qoidaga amal qilish kerak:

Ishtiyoqingiz bo‘lgan ishdan boshlang. U katta bo‘lmasa ham, siz uchun muhimi – doimiylik. Bu sizga nafaqat huzur beradi, o‘z ko‘zingiz bilan qanday odamga aylanishingiz mumkinligini ko‘rasiz. Donalar yiqilishni boshlaganida qaysi dona birinchi bo‘lib yiqilgani muhim emas.

Sur'atni pasaytirmang va bajarishingiz mumkin bo‘lgan keyingi vazifani boshlang. Birinchi bajarilgan ishning kuchi keyingi harakatga undashiga intiling. Har bir ana shunday qadam bilan yangi obrazga tobora yaqinlashasiz.

Agar shubhangiz bo‘lsa, katta ishni bir necha kichiklariga ajrating. Yangi odatni shakllantirish vaqtida uni oson bajariladigan bo‘lishiga harakat qiling. Domino ta'sirining ma'nosi natijada emas, ilgari odimlashda. Sur'atni saqlang. Jarayon davom etsin, bir donasi keyingisini yiqitaversin.

Donalarni yiqilishga majbur qiladigan bir necha usullar bor. Sizga yoqadigan odatga diqqatingizni qarating. Uning ta'siri hayotingizning barcha sohalarini ishga tushirsin.