Ijtimoiy tarmoqlarda “Qizilsoyda cho‘milgan ayol samosud qilindi” sarlavhasi bilan tarqalgan videolarga IIB munosabat bildirdi

  • 09:09 / 26.07.2021
  • 562

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Qizilsoyda cho‘milgan ayol 20-iyul kuni «samosud» qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Mazkur holat yuz bergan kuniyoq Parkent tumani IIB Navbatchilik qismida ro‘yxatga olingan.

Qayd etilishicha, Parkent tumani, Nevich mahallasida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro M.M.(ayol) mahalla hududidan oqib o‘tuvchi «Qizilsoy» soyida cho‘milayotgan 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro D.G.(ayol)ni yoniga borib, bu suvdan iste’mol qilishlarini aytgan va u bilan janjallashib, D.G.ning egnida bo‘lgan kiyimlarini zo‘rlik bilan yechib tashlagan. Uni urib-tepib tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi va 140-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda 29 yoshli ayolni samosud qilgan ayollarga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar berilgandi.

Teglar