Ijtimoiy tarmoqlardagi reklamaning ahamiyati

  • 06:43 / 26.05.2015
  • 5165

"Kuzatishlarimizga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil ichida yangi mahsulotlarni bozorga olib kirish bo‘yicha global siljishlar sodir bo‘ldi. Yangi mahsulot, xizmat, biznes va hamjamiyatlarni yo‘lga qo‘yuvchi kompaniya raislaridan biri bo‘lganim tufayli men bu masala yuzasidan ko‘plab holatlarga guvoh bo‘lganman. Internet yangi mahsulotlarni joriy etish jarayonini batamom o‘zgartirib yubordi: endilikda kompaniyalar tizerlarni o‘z “agentlari” yordamida yo‘lga qo‘yishmoqda, kelajakdagi mahsulotlar to‘g‘risida jurnalistlar, blogger va foydalauvchilarga ma'lumot berishadi, onlayn rejimda yangi mahsulot taqdimotini translatsiya qilib, ularning brendini reklama qilganlarga bonuslar hozirlashmoqda. Yangiliklarning 24 soat va 7 kun davomida aylanishi hozirgi kunda yangi mahsulotni ishga tushirish jarayonini ancha osonlashtiradi, boshqa tomondan esa yangi mahsulotlarni joriy etish murakkablashib boryapti.

Yo‘lga qo‘yishning yangicha shakli istalgan hajm va sohadagi brendlarga mijozlarni jalb etish nuqtai-nazaridan cheksiz imkoniyatlar hadya etmoqda, shu bilan birga foydalanuvchilarning o‘z fikrini ijtimoiy media orqali erkin ma'lumot almashishi tufayli brendni reklama qilishda muayyan qiyinchiliklarga ham sabab bo‘lmoqda. Foydalanuvchilar onlayn-muhokamaga brendni baholash bo‘yicha fikrdosh bo‘lganlarni kiritib, brendni ko‘klarga ko‘tarishi yoki aksincha yer bilan bitta qilishi ham mumkin.

Yangi mahsulotni tadbiq etishni qo‘llab-quvvatlashda axborot vositasini tanlash haqida gap ketar ekan, eng avvalo, mo‘ljallangan auditoriyani hisobga olish kerak. Schneider Associates tomnidan o‘tkazilgan “2014 yilning eng esda qolarli mahsuloti taqdimoti” so‘rovnomasi natijalari shuni ko‘rsatadiki, har bir avlod vakili muayyan turdagi media vositalaridan foydalanar ekan. Keksalar, bebi-bumer va XX asr avlodlari bu borada jurnallarni afzal ko‘rishadi. Keyingi avlod vakillari esa Facebook va Twitterni xush ko‘rishsa, Z va iGeneration vakillari brend va maydonchalarga ishonmaslik nazari bilan qaraydilar, ular hatto begona bo‘lsa ham ko‘proq foydalanuvchilar fikri bilan qiziqishadi. Biror-bir mahsulot harid qilishdan avval iste'molchilar hozirda olti va undan ortiq ma'lumot manbalarini ko‘zdan kechirishadi. Turli informatsion vositalardan foydalanish tendensiyasi brendlarni yaratish va obro‘ni saqlab qolish, foydalanuvchilar qalbidan joy egallash va savdolar hajmini oshirish borasida muayyan qiyinchiliklarga sabab bo‘lmoqda.

O‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, hozirgi kunda Facebook yangi mahsulotni reklama qilish borasida televizion reklamadan keyingi o‘rinni egallamoqda. Brendlar eksklyuziv, vaqt bilan chegaralangan aksiyalarni o‘z ishqibozlariga ma'lum qilishda  Snapchatdan foydalanishadi va bu yo‘l bilan virtual va real chakana savdo orasidagi masofani kamaytirishmoqda. SXSW 2015 ning sevimli farzandi Meerkat yordamida odamlar smartfondagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish (translatsiya) yordamida barcha jarayonlarni onlayn amalga oshirish imkoniga ega. Kundan-kunga aynan mazkur ilovaga o‘xshaganlari ko‘payib boryapti.

Brendlar iste'molchilarni jalb etishga tezkor va ijodkorlik bilan yondashishlari kerak. Marketing bo‘yicha menejyerlar uchun quyida bir necha tavsiyalar keltirilgan bo‘lib, ularni amalga oshirish natijasida informatsion  manbalardan maksimum darajada foyda olish mumkin.

1. Ijtimoiy tarmoqlarga mahsulotlarni ilgari suruvchi asosiy manba emas, qo‘shimcha vosita sifatida munosabatda bo‘ling.

Taco Bell uchun yangi mahsulot The Cool Ranch Doritos Locos Taco haqida sirlilikni saqlab qolish eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Brend ijtimoiy tarmoqlarda Manxettenning Meatpacking District tumanida gul bilan savdo qiladigan do‘kon Cool Ranch Tacoslarni tarqatayotganligini ma'lum qildi, buning uchun esa parol: “Ko‘k rangdagi guldasta”ni aytish talab etilgan. Ijtimoiy tarmoqlardan bu qadar oqilona foydalanish, mahsulotni reklama qilishning mumkin bo‘lgan usullaridan biridir. Taco Bell rasmiy taqdimotga qo‘shimcha tarzda ayyorlikni ham ishga soldi: kompaniya hodisani milliy informatsion agentliklar tomonidan yoritib bordi va Super Bowl reklamasini yo‘lga qo‘ydi.

2. Mahsulot taqdimotini to‘g‘ri manzilga yetkazishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalaning.

2014 yilning iyun oyida Harvard Business Reviewga yangi telefon Amazon Fire phone to‘g‘risida yozganimizda, Amazon smartfonlar bozoridagi yetakchilik bo‘yicha o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda edi. Nima uchun ularning Fire phoneni shuhrat qozonmadi? Zerikarli reklamalardan tashqari mahsulot mohiyatan olib qaraganda umuman ommaga keng yoyilmadi. Apple uslublarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib, ya'ni yangi mahsulotni ilgari surish bo‘yicha tadbirlar, onlayn shaklda yangiliklar rukni va texnik xususiyatlarni muhokama qilish bo‘yicha bloglar yaratib, Amazon ijtimoiy tarmoqlarda integratsiyalashgan harakatlar strategiyasini amalga oshirishi kerak edi.

3. Foydalanuvchilarning muayyan mahsulotga nisbatan hissiy bog‘liqligini shakllantirishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalaning.

2012 yilda Hostless o‘zining bankrotligini e'lon qilganida Twinkie ishqibozlari klassik amerikacha oshxonasini yo‘qotganliklarini motam sifatida qabul qilishdi. Bu brend yangi “Tarixdagi eng yuqori istakka ega bo‘lgan qaytish” shiori bilan yangi mahsulotni yo‘lga qo‘yguniga qadar aynan shu hol davom etdi. Barcha OAVdagi muvaffaqiyatli kampaniyadan so‘ng, Hostless mahsulotni ijtimoiy tarmoqlarda ham qo‘shimcha reklamasni amalga oshirdi. Eski mahsulotni qaytadan yo‘lga qo‘yish Twitterda 350 million va Facebook da 500 000 dan ortiq ishqibozlarning fikrlariga sabab bo‘ldi.

4. Maqsadli auditoriyaning demografik xususiyatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoqlardan foydalaning.

Madonna 80-yillar radiostansiyalarini egallaydi, biroq o‘smirlardan “Pop-musiqa qirolichasi kim?” deb so‘rasangiz, u shubhasiz Selena Gomes, Teylor Svift va Ariana Grande nomlarini qayd etadi. Shuning uchun, Madonaning "Living for Love" qo‘shig‘ini reklama qilishda karerasi boshlanishida ovozi jaranglagan, sinalgan MTV kanallari va radioga murojaat etmadi. Buning o‘rniga xonanda zamonaviy pop-musiqa ishtiyoqmandlarini jalb etish maqsadida Snapchatda yangi platforma - Discover platformni ishga tushirdi.

5. Brendga aloqadorlik hissini uyg‘otish va uni ilgari suruvchi insonlarni taqdirlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan foydalaning.

Brendni reklama qiluvchi ishqiboz va agentlarda ijtimoiy tarmoqlar yordamida mahsulotlarni yutib olish imkoniyati mavjud bo‘lsa, bu yangi foydalanuvchilarni jalb etadi. Yangi mahsulotlarning taqdimoti mazkur tanlovlar maqsadiga javob beradi, chunki brendlar mahsulotini bepul tarqatish evaziga iste'molchilarga sotib olmay turib ishlatib ko‘rish imkoniyatini taqdim etadilar. Biz mijozimiz Sunstar GUMga har oy Facebookda lotoreya tashkil etishda yordam beramiz, bu esa brendning mashhurlik darajasini oshiradi, foydalanuvchilar bazasi kengayshiga olib keladi. Mijozlar auditoriyasining oshib borayotganiga guvoh bo‘lamiz, bu esa sotish natijalarida yaqqol namoyon bo‘ladi.

6. Yangi mahsulotni reklama qilayotganda bloglardan foydalaning.

O‘tgan yili P&G yangi mahsulot Swiffer Sweep & Trapni omma e'tiboriga taqdim etdi. Korporatsiya o‘zining asosiy auditoriyasi – ota-onalar va uy egalariga  ijtimoiy tarmoqlar orqali ta'sir ko‘rsatishning yangi usuli zarurligini anglab yetdi. Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan “Ahamiyatga ega bo‘lish” shiori ostida o‘tgan mahsulot reklamasiga bag‘ishlangan kechaga P&G yosh blogger-onalarni bolalari bilan taklif qildi, ulardan hamma joyni yoyib tashlash so‘raldi va keyin Swiffer Sweep & Trapning vujudga kelgan tartibsizlikni bartaraf qilish bo‘yicha imkoniyati namoyish etildi. Bloggerlar bo‘lib o‘tgan tadbir bo‘yicha ko‘plab suratlar olishdi, keyin uni shaxsiy varaqlariga joylashtirishdi. Mazkur kompaniya vakillari auditoriyaga ta'sir o‘tkazishni bilishadi, ayniqsa, yangi mahsulotni reklama qilish bo‘yicha, chunki blogni o‘quvchilar tavsiya etilayotgan mahsulotdan foydalanib ko‘rishni istaydilar.

7. Suhbatlar yaratish, u yerga foydalanuvchilarni jalb etish va mazkur muhokamalarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatish maqsadida xeshteglardan foydalaning.

Xeshteglar yangi mahsulotni ilgari surish bo‘yicha chatlarni kuzatish uchun juda qulay. Misol uchun, Wendy’s yangi Pretzel Bacon Burgerning ochilishi munosabati bilan tamoqda  #PretzelLoveSongs xeshtegini ishga tushirdi. Unda foydalanuvchilardan mazkur xeshtegni kiritib, mahsulot bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirish so‘raldi. Kompaniya mavzu bo‘yicha fikrlarning monitoringini o‘tkazib, o‘z aksiyasida eng ashaddiy muxlis va yulduzlar, masalan, Nika Lasheni o‘z videosida kuylab berishini so‘radi.

8. Kompaniya B2B ichki tomondan qanday ishlashini namoyish etish maqsadida vizual ijtimoiy tarmoqlardan foydalaning.

Pinterest yoki instagram xalq iste'moli mahsulotlarini reklama qilish uchungina mo‘ljallangan qabilidagi noto‘g‘ri fikrlar mavjud. General Electric mazkur fikrning yanglish ekanligini isbotladi, instagramda o‘z mahsulot va xizmatlarining tarnslyatsiyasini amalga oshirish borasida maxsus maydonchani ishga tushirdi. Instagramda joylashtirilgan foto va video yordamida kompaniya o‘z mijozlariga General Electricning ko‘p yillik tarixi va madaniyati haqida so‘zlab berishga sazovor bo‘ldi.

9. Iste'molchilar o‘zlariga kerakli bo‘lgan mahsulotni o‘zlari yaratishlari uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalaning.

Har qanday firmaning vazifasi – zanjirdagi so‘nggi iste'molchi uchun zarur bo‘lgan mahsulotni yaratishdan iborat. Ijtimoiy tarmoqlar aynan mana shunday imkoniyatni yaratib beradi. Yangi mahsulotni ilgari surish haqida gap ketganida, ijtimoiy tarmoqlarning vazifasi reklama qilish bilangina chegaralanmaydi: tarmoq mahsulot yaratilguniga qadar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Aynan shu yo‘l bilan Lay’s “Shu qadar mazaliki, o‘zingni tiyolmaysan!” kampaniyasini tashkil qildi. Kompaniya o‘z ishqibozlarini yangi chipslarga ta'm topishga chaqirdi. G‘olib sifatida yapon vasabi yerqalamapiri tanlab olindi. Siz so‘raysiz, Lay’s esa istaklaringizni amalga oshiradi.

10. Ijtimoiy tarmoqlarning bor imkoniyatidan foydalanish uchun bir qadam olidnda bo‘lishingiz kerak.

Gap bu yerda mahsulot yoki kompaniyada emas: siz va sizning xodimlaringiz (piarchi, sotuvchi, reklama bilan shug‘ullanuvchi, marketolog, ishlab chiqaruvchi va b.lar ) ijtimoyi tarmoqlardagi hayotni sevishlari kerak va uning taraqqiyotini sinchkovlik bilan kuzatish, ilovalarni yuklash va yangi saytlar bilan qiziqishlari kerak. Siz Meerkat yoki Periscop ilovalari to‘g‘risida ular yoshlar orasida megaxitga aylanguniga qadar xabardor bo‘lishingiz kerak. Siz orqada qolib, allaqachon aktualligini yo‘qotib, eskirgan ilovalarni yuklab olishni istamassiz?

Mahsulotingizni ijtimoiy tarmoqlarda samarali reklama qilish uchun yuqorida keltirilgan tavsiyalarimiz sizga yordam berishiga ishonamiz. Erishgan natijalaringizni esa biz bilan o‘rtoqlashishni unutmang! Fikr-mulohazalaringiz biz uchun muhim.

Teglar