Ilgarilari cho‘ntakka sig‘magan qurilmalar

  • 16:00 / 03.02.2015
  • 3263

12 megapikselli “Pentax Q” cho‘ntak fotokamerasi

“Pentax Q” deb nomlanuvchi bu qurilma o‘ziga xos. U fotoapparatdan ko‘ra kalitga osib yuriladigan o‘yinchoqqa o‘xshaydi. 

Ushbu fotoapparat 12,4 megapikselli kengaytmada suratga oladi, diaganali 3 dyuymli ekrani bo‘lib, obektivi 170 darajali suratga olish burchagiga ega.  

“Pentax Q”ning uzunligi 7 va eni 3,1 santimetr. 

“Pico P” – cho‘ntak proyektori

“Pico P” – bozorga chiqarilgan ilk cho‘ntak proyektorlaridan. Uning o‘lchami mobil telefon bilan teng bo‘lib, nafaqat telefonga, balki planshet, noutbuk va kompyuterga ham ulanishi mumkin. Qurilma simsiz interfeys yoki miniUSB va HDMI orqali ulanadi. 

“3Doodler” – uch o‘lchamli cho‘ntak printeri

Bir necha yil oldin uch o‘lchamli printerlarning kattaligi nusxa ko‘chirish apparati yoki shkafchalik kelardi. Ammo hozir unday emas.

“3Doodler” deb nomlanuvchi uch o‘lchamli printer shakli va o‘lchami jihatidan ruchkani eslatadi. Qurilmaning ichi plastik bilan to‘ldirilgan bo‘lib, ish jarayonida u eriydi va printer uchidan ingichka, qaynoq holda chiqadi. U bir lahzada qotadi

“3Doodler” printeridagi boshqaruv tugmachalari plastikning erish va oqish tezligini boshqarish imkonini beradi. Mazkur printer yordamida kichik plastik detallar, suvenirlar, o‘yinchoqlar chop etish mumkin. 

Minipresso – cho‘ntak qahvaqaynatgichi 

“Minipresso” – dunyodagi birinchi cho‘ntak qahvaqaynatgichidir. Uning kattaligi kichik termoschalik bo‘lib, bir zumda qahva tayyorlash imkonini beradi.

Qahva tayyorlash uchun uning ichiga qaynoq suv quyib, qahva kukuni solingan filtr o‘rnatiladi va bir necha o‘n soniya davomida maxsus richagni qo‘l yordamida bosiladi. 

“Zotac ZBOX PI320 pico” – cho‘ntak tizim blogi 

2014 yilnin kuzida sotuvda yangi cho‘ntak kompyuteri – “Zotac ZBOX PI320 pico” paydo bo‘ldi.

U to‘laqonli tizim bloki bo‘lib, cho‘ntakka bemalol joylashadi.

“Zotac ZBOX PI320 pico”ga 1,83 gigagersli “Intel Atom Z3735F Bay Trail” protsessori, 2 gigabayt tezkor va 32 Gb doimiy xotira o‘rnatilgan. U “Windows 8.1” tizimi asosida ishlaydi. Bu qurilmadan foydalanish uchun uni energiya manbai va monitorga ulasangiz bas. Qurilmaning narxi – 199 dollar.