Ilon Mask Marsga boradigan kemaning suratlarini ko‘rsatdi

  • 13:50 / 19.09.2019
  • 207

Milliarder, tadqiqotchi va Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask Twitter’da SpaceX kompaniyasi kosmik kemasining orbital prototipi suratlarini bo‘lishdi. Kosmik kema ayni vaqtda yig‘uv bosqichida, ammo uning ulkan masshtabi va dizaynini hozirdanoq baholash mumkin.

Birinchi suratda janubiy Texasdagi SpaceX zavodida yig‘ilayotgan Starship Mk1’ning prototipi tasvirlangan. Ko‘rinib turibdiki, apparat umuman olganda yaqinda sinovdan o‘tgan Starhopper kosmik kemasiga o‘xshaydi, ammo yana-da katta o‘lchamga ega. 

SpaceX Starship

Ikkinchi suratda Floridadagi Starship Mk2 prototipining yig‘ilishi jarayoni tasvirlangan. 

SpaceX Starship

Orbital prototipning birinchi sinov parvozlari shu yilning oktyabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Avval 20 000 metr atrofidagi balandlikka parvoz qilishi rejalashtirilgan, keyingi parvozlarda Starship Mk2 tezligini yana-da oshiradi. Oxir-oqibat kema yer atrofidagi orbitaga tusha oladi. Hammasi silliq kechsa, SpaceX 2021-yilda iqtisodiy manfaatlar asosida parvozlar amalga oshira boshlaydi, kelajakda esa Marsga borish imkoni ham bo‘lishi mumkin.