Ilon Mask “Starship” kemasi “Xabbl”ni Yerga qaytarishga qodir ekanligini aytdi

  • 09:50 / 25.07.2021
  • 318

“SpaceX” kompaniyasi asoschisi Ilon Mask oʻz kompaniyasi tomonidan yaratilgan “Starship” kemasi “Xabbl” teleskopini Yerga qaytarishga qodir ekanligini aytib oʻtdi.

Twitter ijtimoiy tarmogʻidagi foydalanuvchilardan biri tadbirkordan “Starship” kemasi afsonaviy “Xabbl” teleskopini qutqarishi mumkin yoki yoʻqligi haqida soʻragan. Mask esa foydalanuvchiga javoban kema teleskopni qutqara olishini aytib oʻtgan.

Maʼlumot uchun, “Xabbl” kosmosdagi eng katta teleskoplardan biri boʻlib, 1990-yildan beri ishlaydi va NASAning eng katta observatoriyalari roʻyxatiga kiradi. “Xabbl” NASA jamoasi va Yevropa kosmik agentligi hamkorligida yaratilgan.