Imron Xon Shavkat Mirziyoyevni Pokistonga taklif qildi

  • 10:22 / 16.07.2021
  • 373

Afg‘oniston masalasida mintaqa davlatlari ishtirokida sammit uyushtirilishi mumkin. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Imron Xon bu haqda o‘z fikrlarini bildirdi. 
 
Imron Xon, shuningdek,  bugungi samimiy mehmondo‘stlikdan mamnunligini bildirdi va ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan Afg‘oniston muammosiga to‘xtalib o‘tdi. 
 
“Biz o‘zaro hamkorlikda geosiyosatda geoiqtisodga o‘tadigan davr keldi. Afg‘onistondagi siyosiy va harbiy vaziyat hammamizni o‘ylantiradi. Birodar afg‘on diyorida 40 yildan beri notinchlik hukm surmoqda. Bu masala yechimi faqat muzokaralarda. Buning uchun Afg‘oniston, O‘zbekiston, Pokiston, Tojikiston, Eron, Turkiya kabi davlatlar bu davlatda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha hamkorlik qilishlari lozim. Dastlab bu davlatlar tashqi vazirliklari o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirsalar, undan keyin davlat rahbarlari ishtirokida sammit o‘tkazish mumkin”, – dedi Imron Xon.

Imron Xon keyingi uchrashuvni Pokistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi va Shavkat Mirziyoyevni o‘z davlatiga taklif etdi. O‘zbekiston prezidenti bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilganini bildirdi.